Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:07

Ravshan Ermatov O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini boshqaradi


Ravshan Ermatov
Ravshan Ermatov
25 sentabr kuni o‘tadigan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvini kutilganidek Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqaradi.

Chorshanba kuni “Paxtakor” stadionida o‘tadigan final uchrashuvida Toshkentning “Bunyodkor” va Qarshining “Nasaf” jamoalari to‘qnashadi.

FIFA referisi Ravshan Ermatovning ketma-ket to‘rt mavsumda O‘zbekiston Kubogi final uchrashuvi bosh hakami etib tayinlanayotganini ta‘kidlab o‘tish joiz.

35 yoshli o‘zbekistonlik hakam dunyo bo‘ylab qator yirik futbol turnirlari, jumladan, 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionati o‘yinlarini boshqargan.
XS
SM
MD
LG