Линклар

logo-print
Apple shirkati 10 sentabr kuni taqdim etgan iPhone 5S smartfoni O'zbekiston bozorida ham sotilishni boshladi.

Daryo.uz nashrining Megamall.uz saytiga asoslanib yozishicha, "tishlangan olma"li yangi smartfonlar 21 sentabrdan "Fleshka" savdo markazida sotilmoqda.

Savdoning dastlabki kunlarida iPhone 5S narxi 6 million so'mdan oshgani, ayni damda esa 4 million 50 ming so'mdan sotilayotgani aytilmoqda.

Kuzatuvchilarga ko'ra, yaqin kunlarda yangi smartfonlar narxlari sezilarli darajada pasayishi kerak.

Ayni damda Torg.uz veb-saytida 16 gigabayt xotiraga ega iPhone 5S apparatlari 1200 va 1400 dollardan sotilishi haqida e'lonlar qo'yilgan.

Apple shirkati 10 sentabr kuni iPhone smartfonlarining ikkita yangi versiyasini - iPhone 5S va iPhone 5C apparatlarini e‘lon qilgan edi.

iPhone 5S smartfoni oldingi versiyalardan kuchliroq protsessori, yaxshilangan kamerasi va barmoq izlari skaneri bilan ajralib turadi.

iPhone 5C Apple'ning boshqa smartfonlaridan farqli o‘laroq asosan plastikdan materiallardan ishlangan bo‘lib, narxi arzonroq bo‘ladi. Smartfonning g‘iloflari esa besh xil rangda bo‘lishi aytilmoqda.

Yangi smartfonlarning AQShdagi narxi 550 dollardan 850 dollargachadir.
XS
SM
MD
LG