Линклар

logo-print
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi qoshida Axborot xavfsizligini ta‘minlash markazi tashkil etilyapti.

Yangi ochilgan markaz mutaxassisi (ismini oichqlamaslikni so‘ragan) Ozodlik bilan suhbatda "axborot xavfsizligiga tahdid soluvchi zamonaviy xatarlardan himoyalanish va kompyuter tizimlariga xakerlik xurujlarini tezkor oldini olish" muassasa oldida turgan vazifalardan ekanini aytdi.

- Hozir davlat organlarida axborotlashtirish ya‘ni elektron hukumat barpo etish borasida ishlar olib borilyapti. Markazimiz shu axbrotlashtirish jarayonida xavfsizlikni ta‘minlash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, xakerlik xurujlarini oldini olish, kompyuter xavfsizligining zamonaviy xatarlari haqida ma‘lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash kabi vazifalar kiradi, deydi mutaxasis.

Axborot xavfsizligiga tahdidlar nimalardan iborat, degan savolimizga markaz rasmiysi shunday javob beradi:

- Har xil tahdidlar bor. Masalan DDoS xurujlar. Ya‘ni ma‘lumotlarni o‘g‘irlash. Viruslar bor. Bundan tashqari maqsadli qilinadigan kiber tahdidlar bor. Masalan ma‘lumotlar bazasi bo‘lsa, shu ma‘lumotlar bazasini administratorini o‘g‘irlash. Markazimiz mana shunday tahdidlarning oldini olish bo‘yicha ham ishlar olib boradi, deydi mutaxasis.

Hozirda O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 10 milliondan oshgani aytiladi.

Ayni paytda hukumat axborot xavfsizligini ta‘minlash, Internet foydalanuvchilarini behayo saytlardan himoyalash va konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan axborotni to‘xtatish bahonasida bir qator xalqaro ommaviy axborot vositalari veb-saytlariga to‘siq qo‘ygan.

So‘nggi paytlarda esa mahalliy matbuotda aholini "axborot hurujlari"dan himoyalash chaqiriqlari kuchaygani kuzatiladi.

Suhbatdoshimiz markaz mutaxasisi axborotni to‘sish markaz faoliyatiga kirmasligini ta‘kidladi.

Ayni paytda Toshkentdagi “Uzinfokom” kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan bitiruvchilarga mazkur markazlarda mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud ish o‘rinlari borligi haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti hisobotlarida "Internet dushmanlari" ro‘yxatida tilga olinib keladi.
XS
SM
MD
LG