Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:35

Shveytsariyaning yirik banklaridan biri o‘zbekistonliklar bilan ishlamoqchi emas


Shveytsariya bank sektorida ikkinchi o‘rinni egallovchi Credit Suisse banki 2013 yilning oxiriga borib dunyoning 50 mamlakatidagi, shu jumladan, O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarusdagi mijozlari bilan hamkorlik qilishni to‘laligicha yoki qisman to‘xtatadi.

Bu haqda Frantsiya xalqaro radiosi Tages-Anzeiger nashri ma‘lumotlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Credit Suisse bu mamlakatlardagi mijozlari yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagani (bank bilan hamkorlik qilish uchun mijoz hisobida kamida 1 million Shveytsariya franki yoki 800 ming yevro pul bo‘lishi lozim) yoxud ular bilan boshqa ishlashni istamagani uchun o‘zaro hamkorlikni to‘xtatmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Shveytsariya va Shvetsiyada O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimovaga aloqadorligi taxmin qilinayotgan o‘zbekistonliklar o‘ta yirik miqdorda “pul yuvish”da gumonlanmoqda. Bu bo‘yicha jinoyat ishlari ochilib, tekshiruvlar olib borilmoqda.
XS
SM
MD
LG