Линклар

AQSh prezidenti Barak Obama olti yil avval rafiqasi Mishel Obamadan qo‘rqqani uchun sigaret chekishni tashlashga majbur bo‘lgan.

Bu haqda Barak Obamaning o‘zi dushanba kuni BMT maxsus ma‘ruzachisi Maynu Kiai bilan suhbat chog‘ida gapirdi.

Ushbu suhbat aks etgan video tasvir dushanba kuni CNN telekanali orqali namoyish qilindi.

“Siz chekishni tashlagansiz, deb umid qilaman?”, deya so‘raydi Obama suhbatdoshidan. Kiai ba‘zida chekib turishini aytib, Obamadan chekishni qanday tashlagani haqida so‘raydi.

Obama bunga javoban "Men olti yildirki, chekmayman... chunki xotinimdan qo‘rqaman", deydi tabassum bilan.

Ushbu suhbat yoniq qolgan mikrofon orqali matbuotga oshkor bo‘lgani aytilayapti.

Obama prezidentlikka ilk bor saylanishidan avval Oq uyda sigaret chekmaslikka va‘da bergan.

2009 yildagi intervьyularidan birida Obama sigaret chekishdan voz kechish ancha qiyin kechayotgani haqida gapirgan.
XS
SM
MD
LG