Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:39

Hajga boruvchi o‘zbekistonliklar soni qisqarmaydigan bo‘ldi


Saudiya Arabistoni Haj vazirligi 24 sentyabr kuni O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasiga yo‘llagan rasmiy maktubida Hajga boruvchi o‘zbekistonliklar soni qisqartirilmaganini bildirgan. Bundan avvalroq 2013 yilda Saudiya Arabistoni dunyoning barcha davlatlaridan Haj ziyoratiga keluvchilar sonini 20 foizga qisqartirgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston din ishlari qo‘mitasining matbuotga bildirishicha Saudiya Arabistoni Haj vazirligi O‘zbekistondan keladigan ziyoratchilar uchun kvotani 5200 kishi deb belgilagan. O‘zbekiston hukumatiga bu borada jo‘natilgan rasmiy maktubda 2013 yilda O‘zbekistondan hajga boruvchilar soni qisqartirilmagani ta‘kidlangan.

Bundan oldin O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi qoshidagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati 2013 yilda Haj ziyoratchilari soni 20 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi. Ozodlik bilan suhbatlashgan mulozimlar cheklov Haram masjidida borayotgan ta‘mir ishlari bois joriy etilganini aytgan edi.

O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi yetakchiligida Musulmonlar idorasi va mahalliy hokimiyatlar xodimlaridan iborat maxsus hay‘at 20 foizlik cheklovni, asosan, sog‘ligi zaif bo‘lgan va nisbatan keksa yoshli ziyoratchilar hisobiga qisqartirgan.

Ming kishining Haj ibodatidan mosuvo bo‘lmasligini istagan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, shayx Abdulaziz Mansur bu cheklovga barham berish niyatida Saudiya Arabistoni Haj vazirligiga murojaat qilgani aytilgan.

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi Saudiya Haj vaziri va Saudiya Madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashib, O‘zbekiston musulmonlarining Haj kvotasini qisqartirmaslikni iltimos qilgani bildirildi.

Bu talablarni inobatga olgan Saudiya qiroli devoni mulozimlari "o‘zbekistonlik hojilar o‘tgan yili qancha kelishgan bo‘lsa, bu yil ham shuncha kelaversin degan xulosa chiqargan.

Bu xulosa 24 sentyabr kuni kuni O‘zbekiston din ishlari qo‘mitasiga kelib tushgan maktubda o‘z aksini topdi.

Maktubda ayotilishicha, Makka shahridagi Haram masjidida borayotgan qurilish va ta‘mir ishlari bois duyoning barcha davlatlaridan borayotgan hojilar soni 20 foizga qisqartirilgani o‘zbek hojilariga taalluqli emas.

Ma‘lumki, Saudiy Haj vazirligi tomonidan dunyoning musulmon davlatlaridagi har 1000 musulmon uchun bir kishidan kvota belgilangan.

Rossiya musulmonlari Haj vazirligi tomonidan belgilangan kvotadan har yili deyarli to‘liq foydalanadi.

Bu davlatda 20 millionga yaqin musulmon bor va diniy boshqarma har yili 20 ming atrofida ziyoratchini Saudiyaga yo‘llaydi.

Bu mantiqdan kelib chiqilsa, O‘zbekistonga 30 ming kishilik kvota berilishi lozim edi. Ammo O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi Haj qiluvchilar soni 5200 nafardan oshmaydi, deya kvota belgilattirgan.

O‘zbekistonda Haj ziyorati uchun hukumat belgilagan o‘ta cheklangan kvota bois, 2006-2008 yildan buyon Hajga borish uchun navbat poylayotgan musulmonlar bor.
XS
SM
MD
LG