Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:14

WhatsApp Paxtakor: "Terimchiga bir kun osh, u ham talonga!"


Terimchi bloggerlar kundalik yemak-ichmakdan ham yozmoqdalar. Farg‘onalik blogger terimchi-talabalarga haftada bir kun osh berilayotgani, u ham talonga berilayotganini yozdi. Samarqandlik blogger esa ichimlik suvi yetmay, terimchilar suvsiz qolayotganidan yozdi. Paxta dalasidan yo‘llangan bitiklarni “ WhatsApp Paxtakor” blogida o‘qib boring! WhatsApp + 420 608 549 460


"Talaba uchun osh faqat talonga!"


“WhatsApp Paxtakor” blogiga yozgan farg‘onalik talaba-terimchi dalada ularga berilayotgan ovqat haqida yozar ekan, kunlik yemak, asosan karam va makaron sho‘rva hamda buxanka nondan iborat ekanini aytdi.

Uning aytishicha, haftada bir kun osh ham berilmoqda.

"... Xaftada 1 marta osh-talon buyicha Kompda chikarilib brigadirlar orkali paxtakorlarga tarkatiladi Oshi yetishi uchun Chunki ayrimlar kayta osh yegisi keladi :) ..."

Bu bloggerning yozishicha, talaba-terimchiga haftada bir marotaba beriladigan osh faqat bir portsiyadan.


"Ichimlik suvi tushdayoq tugab qolayapti"


Samarqand viloyatidan yozgan bir blogger dalaga olib borilayotgan toza ichimlik suvi tushdayoq tugab qolayotganidan gap ochdi.

Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida talabalarga tushlik tarqatilmoqda.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida talabalarga tushlik tarqatilmoqda.
Uning yozishicha, ular birga paxta terayotgan o‘qituvchilar guruhi tushki yemakdan keyin chanqoqdan qiynalmoqda.

"... Bazan obet qilingandan keyn kun issiq buladi terim davomida organizm suvni talab qiladi lekin suv bulmaydi..." deb uzdi bu blogger.

Bu blogger o‘qituvchilar orasida paxta terimida qochayotganlar yo‘qligi, ammo sharoitning og‘irligi ularning e‘tiroziga sabab bo‘layotganini qo‘shimcha qildi.

"... Biz mehnatdan qochmaymz. Lekin sharoit yaxshi bulsin. Daladayam ichmlik suvda muammolar bor. Rahbarlar etibor berishsa yaxwi bulardi..." deb yozgan Ozodlikning “WhatsApp Paxtakor” blogiga Samarqanddan yozgan o‘qituvchi-terimchi.


"Lotok turganda, qanaqa dush?!"


​“WhatsApp Paxtakor” blogida terimchi talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan suhbatlashayotgan bloggerlar orasida dush va toza ichimlik suvi ta‘minoti og‘irligi tez-tez tilga olinmoqda.

"Siz tomonda dush bormi?" deya savol tashlagan terimchi-talabaga berilgan javoblardan birini quyida sizga ham havola qilmoqchimiz:

"... Kanaka dush? Lotok turganda, suv fakat 5l baklashkada, i to iz Tashkenta..."


"Bir martalik dush qabul qilish 3 ming so‘m"


Samarqand viloyatidan yozgan terimchi mushtariy hasharchilar uchun hozirlangan sharoitdan norozi bo‘ldi.

Paxta terimiga borgan terimchilarga kechki ovqat tarqatilmoqda.
Paxta terimiga borgan terimchilarga kechki ovqat tarqatilmoqda.
Uning yozishicha, svet va gaz yo‘q, yuvinib-taranish uchun sharoit esa mutlaqo ayanchli ahvolda.

Uning o‘zgarishsiz keltirilgan bitiklarini o‘qing:

"... Samarkandda mana paxta terimi uchun institut bollari kelib joylashishdi. Lekin gaz, svet yok Shtab sharoiti kupchilikni koniktirmayapti

Shu sabab talabalar pul tulab ijarada turishmokda. Ijara xakki 35 ming, xar safar dush kabul kilsh esa 3 ming. Axir uziz uylang terim uchun berilayetgan pul juda kam belgilangan.

Dalalardagi paxta axvoli esa terimni kiyinlashtiradi. Talaba xar kun chang daladan kelib dush kabul kilsa, ularning bergan puli 1 oylik dush puliga xam yetmaydi..."

“WhatsApp Paxtakor” blogiga Siz ham yozing!


O‘qiganingiz, Ozodlik mushtariylari “WhatsApp Paxtakor” blogiga yo‘llagan bitiklar. Ushbu blogda tilga olingan ma‘lumotlar uchun Ozodlik tahririyati mas‘ul emas!

Ammo, bunday bitiklarni chop etish va siz mushtariyni ham bunga chaqirishdan maqsad bloggerlardan kelgan ma‘lumotlarga imkon qadar aniqlik kiritib, asl vaziyatni o‘rganishdir!

Marhamat, Siz ham yozing, O‘zbekiston paxtazorlaridagi voqe‘likni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritishda Ozodlik bilan hamkorlik qiling!


Manzillarimiz:

WhatsApp + 420 608 549 460
E-mail: ozodlikmail@gmail.com, isakovab@rferl.org
Skype: Ozodskype, issakovab
Twitter:@BarnoAnvar
Mob: +420 602 612 713 (SMS va qo‘ng‘iroqlar)
Faks: +420 2 2112 6604
XS
SM
MD
LG