Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:20

Toshkent mintaqada uy-joy eng arzon bo‘lgan shahar


Toshkent Markaziy Osiyo davlatlari poytaxtlari orasida uy-joy eng arzon bo‘lgan shahar hisoblanadi.

Mezon.uz sayti mintaqaning besh mamlakatidagi rieltorlik shirkatlari ekspertlaridan olingan ma‘lumotlarga tayangan holda mana shunday xulosa chiqargan.

Saytga taqdim etilgan ma‘lumotlarga ishonilsa, Qozog‘istonning janubiy poytaxti Almatida ko‘chmas mulkning bir kvadrat metri 2250 dollarni, Dushanbeda 1375 dollarni, Ashxabodda 1333 dollarni, Bishkekda 1170 dollarni tashkil qilgan.

Toshkentda esa ikki xonali uyning bir kvadrat metri 950 dollarga teng ekani qayd etilgan.

Saytning yozishicha,, mazkur narxlar shahar markzidan uzoqda bo‘lmagan, g‘ishtdan qurilgan va 2-3-qavatda joylashgan kvartiralarga taaluqlidir.
XS
SM
MD
LG