Линклар

logo-print

"Bunyodkor" to'rtinchi bor O'zbekiston Kubogi sohibiga aylandi


"Bunyodkor" futbolchilari Yaponiyaning Hiroshima shahrida mahalliy "Sanfrechche Hiroshima" jamoasiga qarshi o'yinda, 27 fevral 2013 yil.

"Bunyodkor" futbolchilari Yaponiyaning Hiroshima shahrida mahalliy "Sanfrechche Hiroshima" jamoasiga qarshi o'yinda, 27 fevral 2013 yil.

Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi 25 sentabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kubogi final bellashuvida Qarshining "Nasaf" jamoasi ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozonib, o'z tarixida to'rtinchi bori mamlakat kubogi egasiga aylandi.

"Paxtakor" stadionida o'tkazilgan uchrashuvdagi hisob 52-daqiqada "qaldirg'ochlar"ning ukrainalik hujumchisi Aleksandr Pishir tarafidan ochildi.

Oradan 12 daqiqa o'tib esa "Nasaf" yarim himoyachisi Ilhom Yunusov chiroyli goli bilan o'rtadagi muvozanatni tikladi. Yunusovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi Murodjon Zuhurov darvozasining pastki o'ng burchagiga borib tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga besh daqiqa qolgan Pishur dubl ijro etdi va "Bunyodkor"ni hisobda oldingan olib chiqdi - 2:1. O'yin so'nggigacha hisob o'zgarmadi.



Shunday qilib, "Bunyodkor" futbol klubi o'z tarixida to'rtinchi bor O'zbekiston Kubogi egasiga aylandi. Bungacha jamoa 2008, 2010 va 2012 yillarda muvaffaqiyatga erishgan edi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi qatorasiga uchinchi bor, o'z tarixida esa to'rtinchi bor O'zbekiston Kubogi finalida mag'lubiyatga uchradi.

Eslatamiz, "Bunyodkor" jamoasiga O'zbekiston milliy terma jamoasining amaldagi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov murabbiylik qiladi.
XS
SM
MD
LG