Линклар

logo-print
Samsung shirkati Galaxy S4 smartfonini oltinrang korpusda chiqara boshlaydi. Bu haqda Janubiy Koreya shirkatining Birlashgan Arab Amirliklaridagi mijozlarga mo'ljallangan Twitter sahifasida e'lon qildi.

Xabarlarga ko'ra, smartfonning yangi oltinrang korpuslari ikki variantda - pushti-oltinrang va jiggarrang-oltinrang tusda sotuvga chiqariladi.


Oltinrang g'iloflardagi Galaxy S4 smartfoni BAAda qanday narxda sotilishi haqida aniq ma'lumot yo'q.

Ayni damda 16 gigabayt xotiraga ega oq va qora rangli korpusdagi Galaxy S4 smartfonlari Toshkent bozorida 1 million 730 ming so'mdan sotilmoqda.

Kuzatuvchilar Samsung'ning bunday marketing qadamini mobil bozoridagi keskin raqobatga bog'lamoqda.

Avvalroq Janubiy Koreya shirkatining smartfon bozoridagi asosiy raqiblaridan biri Apple kompaniyasi iPhone smartfonining yangi versiyasini oltinrang korpusda taqdim etgan edi.

Bundan tashqari, yangi Apple smartfonlari taqdimotidan bir necha kun o'tib Samsung shirkati o'z smartfonlariga iPhone 5S'dagi kabi 64 razryadli protsessor o'rnatishini e'lon qilgan.

Apple va Samsung shirkatlari o‘rtasidagi patent mojarosi 2011 yilning aprel oyida boshlangan.
Unda Apple Samsung ni qo‘chirmachilikda ayblab, 2,5 milliard dollar tovon puli talab qilgan edi. Samsung esa javob tariqasida 399 millionlik qarshi da‘vo ishi qo‘zg‘agan.
Avvalroq Seul shahri sudi ikkala shirkatni ham bir-biriga tegishli patentlarni buzganlikga aybdor deb topib, ular chiqaradigan texnologiyalarni Janubiy Koreyada qisman ta‘qiqlagan edi.
Apple va Samsung o‘rtasidagi patent mojarosi yana qator davlatlarda davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG