Линклар

logo-print
So‘nggi sakkiz oy ichida Toshkent aeroporti bojxonachilari mamlakatdan 225ta noqonuniy tarzda valyuta olib chiqish urinishi oldini olganlar.

“Toshkent-Aero” axborot xizmatining ma‘lum qilishicha, O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda olib borilgan amaliyot tanijasida ja‘mi 450ming AQSh dollari miqdoridagi valyutaning olib chiqilishi oldi olinib, davlat hisobiga musodara etilgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, har bir yo‘lovchi mamlakatdan chiqayotganida 2 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda pulni dekloratsiya qilgan xolda olib chiqishlari mumkin.

5 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan pulni olib chiqish uchun Markaziy bank ruhsatnomasi kerak bo‘ladi.

Dekloratsiyasiz olib chiqishga urinilgan har qanday miqdordagi pul musodara etiladi.
XS
SM
MD
LG