Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:27

Google shirkati 15 yoshda


Internetdagi eng mashhur qidiruv tizimi va video-portalga egalik qiluvchi Google shirkati 27 sentabr kuni o'zining 15 yoshini nishonlamoqda.

O'tgan yilgi kabi Google kompaniyasi o'zining bu yilgi tug'ilgan kunini ham ijobiy ko'rsatkichlar bilan kutib oldi.

2013 yilning shu kungacha bo'lgan o'rtacha statistik ma'lumotlarga ko'ra, shirkatga tegishli Google.com sayti Internet qidiruv tizimlari bozorining 65 foiziga egalik qilmoqda.

2005 yili ishga tushgan va 2006 yili 1,65 milliard dollarga Google tarafidan sotib olingan YouTube video-portali esa dunyodagi eng mashhur veb-saytlar ro'yxatida uchinchi o'rinni egallab turibdi (Facebook va Goolge.com'dan so'ng).

Google shirkati tarafidan 2008 yilda ishga tushirilgan Chrome dasturi bugungi kunga kelib dunyodagi eng mashhir Internet brauzeriga aylangan.

StatCounter xizmati ma'lumotlariga ko'ra, dunyo bo'ylab shaxsiy kompyuter egalarining 42 foizi Internet sahifalariga kirish uchun Chrome'dan foydalanadi.

Google'ning mobil apparatlarga mo'ljallangan Android operatsion tizimi ham bugungi kunga kelib mobil bozorda birinchi o'ringa chiqib oldi. Joriy yilning sentabr oyi boshida Google aktivatsiya etilgan Andoird operatsion tizimlarining soni bir milliarddan oshgani e'lon qilingan edi.

Aynida damda Google va unga tegishli Motorola shirkatida jami 60 mingga yaqin kishi ishlaydi. Ularning soni yilda yilga oshib bormoqda.

Google shirkatiga 1998 yili Stenford universitetining ikki talabasi - Larri Peyj va Sergey Brin tarafidan asos solingan.
XS
SM
MD
LG