Линклар

Rossiyaning “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘iga har kuni 1,5 milliondan ziyod o‘zbekistonlik foydalanuvchi tashrif buyuradi. Bu haqda “Odnoklassniki” vakilasi Olga Andre ma‘lum qildi.

ICTNEWS nashrining “Odnoklassniki” vakilasi so‘zlariga tayangan holda xabar qilishicha, mazkur ijtimoiy tarmoqda 7 millionga yaqin o‘zbekistonlik ro‘yxatdan o‘tgan va ularning 92 foizi tarmoqqa mobil telefonlari orqali kiradi.

Olga Andrega ko‘ra, “Odnoklassniki”da ro‘yxatda o‘tgan erkaklar va ayollar soni qariyb teng, biroq O‘zbekistonda bu sayt erkaklar orasida mashhurroq.

O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki”da kuniga 10,5 million xabar, 450 ming sharh, 1,5 million baho qoldiradilar, saytga 120 ming fotosurat yuklaydilar.

Shuningdek, ular saytda har kuni 120 mingdan ziyod qo‘shiq tinglaydilar, 300 mingdan ortiq videorolik tomosha qiladilar, boshqa foydalanuvchilarga 15 mingga yaqin sovg‘a jo‘natadilar.

Tarmoqning bir kunlik auditoriyasi 40 million kishini tashkil qiladi. Xorijdagi o‘zbek muxolifati o‘ziga xayrixoh yig‘ishda “Odnoklassniki” tarmog‘idan foydalanib kelgan.

O‘zbekistondan bo‘lgan o‘z xayrixohlari bilan munosabat o‘rnatishida “asosiy vosita” hisoblangan.

Keyingi paytlarda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar ongiga ta‘siri zararli ekani haqida materiallar ko‘paygan.

Fevral oyida O‘zbekiston Xalq harakatining qariyb 26 ming odamni jam qilgan “Odnoklassniki”dagi sahifasiga to‘siq qo‘yilgan edi. Harakat o‘z sahifasiga to‘siq qo‘yilishiga “Odnoklassniki” sayti ma‘muriyatini mas‘ul ko‘rishini bildirgan.
XS
SM
MD
LG