Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:32

Nargiz Zokirova "Golos"ni zabt etmoqda


Rossiyaning "Perviy" telekanalida o‘tkazilayotgan “Golos” teleloyihasida o‘zbekistonlik taniqli kompozitor Farruh Zokirovning 42 yoshli jiyani Nargiz Zokirova o‘zining jarangdor ovozi bilan jyurilar e‘tiborini qozondi.

Ko‘p yillardan buyon sahnada ko‘rinmay qolgan Zokirova 27 sentyabr kuni “Golos” teleloyihasida sochi qirilgan va yuz-qo‘li tatuirovkalangan bir alfozda paydo bo‘ldi.

-Tatuirovkalarga qaramay men ham hamma qatori odamman, - dedi Zokirova.

Zokirova afsonaviy “Skorpionz” guruhining “Still Loving You” qo‘shig‘ini ijro etdi.

1971 yilda Toshkentda tug‘ilgan Nargiz 19 yildan buyon Nyu York shahrida yashaydi.

U to‘rt yoshidan qo‘shiq aytishni boshlagan, saksoninchi yillarda suratga olingan "Vodillik kelin" filmida Unutma meni qo‘shig‘ini ijro etgan edi.

XS
SM
MD
LG