Линклар

O‘zbek saytlarining “Asian Style” model agentligi direktori Yelena Yelizarovaga tayanib xabar berishicha, Rahima G‘aniyeva milliy tanlovda ishtirok etmagan holda “Jahon go‘zali” konursida qatnashish uchun tanlab olingan. Yelena Yelizarova Rahimani shaxsan o‘zi tanlab olgani va “Jahon go‘zali” tanloviga jo‘natganini aytgan.

Yelena Yelizarova “Jahon go‘zali” tashkilotchilaridan konursda ishtirok etish taklifi shu yilning aprel oyida kelganini bildirgan. Biroq mintaqaviy tanlovni 20 iyungacha o‘tkazish shart qilib qo‘yilgan. O‘zbekiston tomoni bu ishni uyushtira olmasligi aniq bo‘lgach, “Jahon go‘zali”ning Markaziy Osiyo bo‘yicha tashkilotchisi Animesh Barua o‘zbek go‘zalini tanlov o‘tkazmasdan turib aniqlash taklifini kiritgan.

Shunday qilib, O‘zbekistondagi yuzga yaqin fotomodelning fotosuratlari orasidan 5-6 qizga tegishlisi tanlab olingan va ular orasida Rahima G‘aniyeva “Jahon go‘zali” tanlovida ishtirok etishga rozilik bildirgan.

Rahima G‘aniyeva “Jahon go‘zali” tanlovida ishtirok etish arafasida “O‘zbekiston go‘zali” tanlovida g‘olib bo‘lgani, o‘zining Jahon iqtisodiyoti va dimplomatiya universiteti talabasi ekanini iddao qilgan edi.

Avvalroq Ozodlik o‘tkazgan tekshiruv davomida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi mutasaddilari mamlakatda “O‘zbekiston go‘zali” tanlovi o‘tkazilmaganini bildirgan bo‘lsalar¸ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bunday talaba yo‘qligini e‘lon qildi.

Ozodlikning ingliz tiliga o‘girilgan bu tekshiruvi G‘arb nashrlari va telakanallari diqqatini o‘ziga jalb qildi.

Xalqaro matbuotda qanday qilib 18 yashar qizning O‘zbekistonda 20 yil davomida o‘tkazilmagan go‘zallik konkursi g‘olibiman degan yolg‘on bilan xalqaro sahnaga chiqishi jamoatchilikni hayronu lol qoldirgani haqida maqolalar paydo bo‘ldi.

“Jahon go‘zali-2013” tanlovi Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tmoqda. Bugun, 28 sentabr kuni mazkur go‘zallik tanlovinining final bosqichlari o‘tkaziladi.
XS
SM
MD
LG