Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:59

Tadqiqot: Apple dunyodagi eng qimmat brend egasi


AQShning Apple shirkati dunyodagi eng qimmat brendlar ro'yxatida ilk bor Coca-Cola shirkatidan o'zib ketdi va birinchi pog'onaga ko'tarilib oldi.

Interbrand shirkati tarafidan tuzilgan mazkur ro'yxatda Apple brendi 98,316 milliard AQSh dolariga baholangan.

Ikkinchi pog'onani Google shirkati (93,291 milliard), uchinchi pog'onani esa so'nggi 13 yil davomida eng qimmat brend egasi bo'lib kelgan Coca-Cola kompaniyasi egallagan.

E'tiborli tarafi shuki, eng qimmat brendlar o'ntaligidan beshta texnologik shirkat o'rin olgan - Apple, Google, Samsung, Microsoft va Intel.

Sentabr oyida mobil biznesini Microsoft shirkatiga sotgan Nokia shirkati o'tgan yilgi egallagan 19-o'rindan 57-o'ringan tushib ketgan.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, Yaponiyaning Toyota shirkati dunyodagi eng qimmat avtomobil brendi deb topildi.

Toyotaning qiymati 35,346 milliard dollarga teng. Ikkinchi o‘rinni Mercedes (31,904 milliard), uchinchi o'rinni esa BMW (31,839 milliard) shirkati egallagan.

Osiyodagi eng qimmat brend egasi deb 39,610 milliard dollarga baholangan Samsung shirkati topilgan.

Interbrand kompaniyasi 1999 yildan beri jahonning eng qimmat brendlari ro'yxatini tuzib keladi. Kompaniyaga ko'ra, tadqiqotda brendning yil davomidagi moliyaviy yutuqlari, brendga qo'yilgan ustama narx va mijozlarning unga nisbatan muomalasi kabi omillar hisobga olinadi.

Eslatamiz, brendlarni o'rganuvchi Eurobrand shirkati va Milward Brown marketing agentligi Apple shirkatini 2012 yildayoq eng qimmat brend egasiga aylanganini ma'lum qilishgan edi.
XS
SM
MD
LG