Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:21

Matbuot: “Anji” Odil Ahmedovni “Zenit”ga sotishga rozi bo‘ldi


"Anji" yarim himoyachisi Oldil Ahmedov (chapda) "Dinamo" hujumchisi Aleksandr Samedov bilan to'p uchun kurashmoqda.
"Anji" yarim himoyachisi Oldil Ahmedov (chapda) "Dinamo" hujumchisi Aleksandr Samedov bilan to'p uchun kurashmoqda.
Maxachqal‘aning “Anji” futbol klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Odil Ahmedovni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga sotishga rozi bo‘ldi.

Bu haqda Soccer.ru sayti Sport Inside nashriga asoslanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi qishki transfer oynasida piterliklar safiga qo‘shilishi mumkin.

Transfer shartlari ochiqlanmagan. Avvalroq Rossiya matbuotida “Zenit” Odil Ahmedov uchun 10 million yevro to‘lamoqchi ekani aytilgan edi.

25 yoshli Odil Ahmedovning Dog‘iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo‘ljallangan.

Professional ker‘erasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasi sha‘nini himoya qilib keladi.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo‘yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko‘ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.
XS
SM
MD
LG