Линклар

Atrof-muhit himoyasi bilan shug‘ullanuvchi "Greenpeace" tashkiloti aksiyasi Shveytsariyada Chempionlar ligasi doirasida o‘tgan futbol o‘yinini qisqa muddatga to‘xtalishiga sabab bo‘ldi.

Aksiya qatnashchilari seshanba kuni Rossiyaning Gazprom shirkati homiyligida o‘tayotgan futbol o‘yini boshida stadionda “Gazprom. Arktikani bulg‘ama” yozuvi tushirilgan ulkan bannerni yoyishdi.

Makzur aksiya tufayli mahalliы “Bazel” va Germaniyaning “Shalke” futbol klublari o‘rtasida o‘tayotgan uchrashuv bir necha daqiqaga to‘xtab qoldi.

Gazprom shirkati “Shalke” jamoasining rasmiy homiysi hisoblanadi.

Atrof-muhitni himoya qiluvchi tashkilot Akrtikada neft qazib olinishiga qarshi chiqmoqda.

19 sentyabr kuni "Greenpeace"ning 30 nafar faoli Barents dengizidagi “Gazprom” neft platformasida tinch namoyish o‘tkazishga uringan, biroq Rossiya chegarachilari tarafidan qo‘lga olingan edi.

XS
SM
MD
LG