Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:39

AEG promouterlik shirkati Maykl Jekson o‘limida aybdor emas deb topildi


AEG promouterlik shirkatini tarafidan Mayl Jeksonni davolash uchun yollangan shifokor Konrad Myurrey.
AEG promouterlik shirkatini tarafidan Mayl Jeksonni davolash uchun yollangan shifokor Konrad Myurrey.
AQShda Los Anjeles maslahatchilar sudi AEG promouterlik shirkatini amerikalik mashhur pop-yulduz Maykl Jekson o‘limida aybdor emas, deb topdi.

Jekson oilasi AEG pop-yulduzning ahvoli zaifligiga qaramay unga kuchli vrach yollamaganini da‘vo qilib, shirkatdan yuzlab million dollar undirib olmoqchi bo‘lgan edi.

12 kishilik maslahatchidan iborat sud chorshanba kuni promouterlik shirkati tarafidan yollangan vrach Konrad Myurreyni yetarli bilimga ega shifokor, deb topdi va uning bilimi Jeksonni davolash uchun yetarli bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

Afsonaviy pop xonanda Mayl Jekson 2010 yil yozida olamdan o‘tgan. U o‘z vrachi tavsiya etgan propofol uyqu dorisini ko‘tara olmagani aytiladi.

Sud-tibbiyot-ekspertiza xulosalari asosida 50 yoshli xonandaning o‘limi qasddan qilinmagan qotillik sifatida tasniflandi.

Maykl Jeksonning shifokori mijozini bilmasdan o‘ldirib qo‘yganiga oid ayblovlarni rad etib keladi.
XS
SM
MD
LG