Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:04

Art Week Style.Uz san‘at haftaligiga bu yil Lara Fabian keladi


Lara Fabian
Lara Fabian
O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova homiyligidagi Art Week Style.Uz san‘at haftaligiga bu yil mashxur xonanda Lara Fabian kelishi kutilyapti.

To‘qqizinchi bor o‘tkaziladigan Art Week Style.Uz san‘at haftaligi shu oy o‘rtalarida boshlanadi.

Bu tadbirda qo‘shiq kuylashi uchun Fabianga qancha pul taklif etilgani ma‘lum emas.

Gulnora Karimovaning avvalgi xos ma‘rakalarini obod qilgan xorijlik Sting, Xulio Iglesias, Monserat Kabalьe, Rod Styuart, Tarkan¸ Xose Karreras kabi san‘at yulduzlarining Toshkentga kelishi uchun ularning har biriga kamida 1 million yevrodan to‘langani aytiladi. Ularning ayrimlari keyinchalik xalqaro maydonda qattiq tanqidga uchragan edi.

Stingning Toshkentda, Gulnora Karimova huzurida qo‘shiq aytgani haqidagi xabarlar Britaniya matbuotida paydo bo‘lgach, u bayonot berib, Islom Karimov va uning diktaturasi xaqida, uning biqiq mustabidona tafakkuri haqida gapirgan edi.

Asli belgiyalik Lara Fabian "Je T'aime" qo‘shig‘i bilan o‘zbekistonliklarga tanish.
XS
SM
MD
LG