Линклар

AQSh Davlat Departamenti turli millat vakillariga Amerikada yashash va ishlash imkonini beruvchi “Grin kard” lotareyasini e‘lon qildi.

2015 yil uchun “Grin kard”ga ro‘yxatga olish davri 2013 yilning 1 oktyabirdan 2 noyabrigacha ochiq bo‘ladi.

Har yili AQSh hukumati Amerikaga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan mamlakatlar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun 50 mingta doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi.

Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi.

O‘tgan yili lotereyada g‘olib chiqib, AQShga ketgan o‘zbekistonliklar soni 5 mingdan ortgan edi.

"Grin kard"ga qanday murojaat qilish kerak?


Ozodlik bilan suhbatda Chexiyadagi AQSh elchixonasining Konsullik bo‘limi xodimi Jeremi Vayzmiller¸ bu savolga imkon qadar oddiy qilib javob berishga urindi:
- "Grin kard" lotereyasida qatnashmoqchi bo‘lganlar qiladigan birinchi ish¸ elchixona saytiga kirish bo‘lishi kerak¸ chunki bu lotereyaga faqat elektron arizalar qabul qilinadi. Vizalar¸ degan bo‘limdan Diversity Visa degan joyni topib¸ o‘sha sahifaga kirish kerak. Bu yerda esa¸ hujjatlarni qanday hozirlashdan tortib¸ uni AQSh Davlat Departamenti rasmiy saytiga qanday qilib jo‘natishga qadar bo‘lgan barcha harakat qadam-ba-qadam tushuntirilgan¸ - deydi AQSh Konsullik xizmati rasmiysi.
AQSh ning O‘zbekistondagi elchixonasi rasmiy saytida "Grin kard" lotereyasi va unda qatnashish shart-sharoitlari haqida bir necha tillarda¸ xususan o‘zbek tilida yozilgan tushuntirish matniga o‘tish bor.
AQSh Davlat Departamenti vakili Ozodlik mushtariylariga lotereyada qatnashish uchun lozim hujjatlarni tayyorlash va jo‘natishni noyabrgacha hali vaqt bor¸ demasdan¸ imkon qadar tezroq qilishni tavsiya etadi.
- Aks holda¸ dunyo bo‘ylab millionlab odam muhlat tugashi arafasida hujjat jo‘natishga kirishishi bois¸ sistemada uzilishlar ro‘y berishi va Internet tezligi anchayin past bo‘lgan O‘zbekistondan turib lotereyada qatnashmoqchi bo‘lganlar hujjatlari o‘tmay qolishi mumkin¸ deb ogohlantiradi Jeremi Vayzmiller.

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG