Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:30

Futbol: Ravshan Ermatov OChLning dastlabki final ucharshuvini boshqaradi


O'zbekistonlik futbol referisi Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi Osiyo chempionlari ligasining dastlabki final uchrashuvini boshqaradi.

Bu haqda O'zbekiston futbol federatsiyasi ma'lum qildi.

"FK Seul" va "Guanjou Evergrand" jamoalari o'rtasida 26 oktabr kuni o'tadigan uchrashuvda Ermatovga qanotlarda o'zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg'izistonlik Bahodir Qo'chqorovlar yordam ko'rsatishadi.

O'zbekistonlik referi Valentin Kovalenko esa zahira hakami sifatida ishtirok etadi.

Osiyo chempionlar ligasi finalining javob uchrashuvi 9 noyabr kuni o'tishi rejalashtirilgan.

35 yoshli FIFA referisi Ravshan Ermatov dunyo bo‘ylab qator yirik futbol turnirlari, jumladan, 2010 yilda Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionati ochilish o'yinini va 2011 yilda Osiyo kubogi finalini boshqargan.
XS
SM
MD
LG