Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:57

Rus millatchilari kiyim-kechagi - "Made in Uzbekistan"


“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi millatchi sahifalardan birida paydo bo‘lgan videorolikda o‘zini “imperiyachi slavyanlardan” ekanini iddao qilgan shaxs taqirbosh-irqchilar kiyim-kechak va bayroqlarining O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotganini isbotlab berdi. Ayni paytda, o‘zbek mardikorlari qo‘li bilan tikilgan kiyimni kiyib olgan rus millatchilari Moskva markazida navbatdagi ommaviy yurishga hozirlanmoqda.


“Made in Uzbekistan”


2 oktabr kuni “VKontakte” tarmog‘ida “Evpatiy Kolovrat” Slavyan radiosi sahifasida paydo bo‘lgan videoning paydo bo‘lishi millatchilar orasida katta tortishuv keltirib chiqardi va “milliy slavyan g‘oyasiga” jiddiy putur yetkazishga ulgurdi.

“O‘zbeklar millatchilar uchun kiyim tikmoqda, ayni paytda “VKontakte”dagi rus guruhlar uni boshqa ruslarga tarqatmoqda. Ajoyib!”, deb sarlavhalangan bu videoning kim tomonidan suratga olingani hozircha noma‘lum qolmoqda. Ammo uning muallifi “slavyan birodarlari” e‘tiborini bunday hamkorlikning “fojia”siga qaratadi:

- Xayrli kun, mening mening rus og‘aynilarim, slavyan birodarlar... Nima uchun men bu videoda “VKontakte”dagi rus guruhlarida sotib olingan bayroq, polo, vatanparvarlik futbolkalarini tasvirga olayotganimni tushuntirmoqchiman, deya boshlaydi rolik muallifi va devorda chiroyli qilib osib qo‘yilgan “Rossiya imperiyasi” yozuvi bitilgan futbolkayu millatchilarning qora-sariq-oq rangdagi “imperiya” bayroqlarini ko‘rsatadi.

U kiyim-kechakni aynan millatchi ruslardan sotib olganini gapirar ekan, muxlislarga yana bir bor rus millatchiligi g‘oyalarini eslatib qo‘yadi:

- Biz, rus millatchilari, noqonuniy migratsiya bilan kurashayapmiz, Rossiyani O‘rta Osiyodan kelgan millionlab legal va nolegal migrantlar egallab olishiga qarshi kurashayapmiz. Endi sotib olayotgan va sotayotgan kiyimlarimizga e‘tibor beraylik. Mana polo kiyimi – ko‘rinishidan chakki emas, uni kiyib yurishni yoqtiraman, lekin leybliga e‘tibor berib, ko‘zim tushgan narsani qarang: “Made in Uzbekistan”. Etim junjikib ketdi buni ko‘rib! deydi sevimli futbolkasini o‘zbeklar qo‘li bilan ishlab chiqarilganini tasavvur qilganidan o‘zini yomon his qilganini aytayotgan rus millatchisi.



U keyingi futbolkani ham namoyish etib, uning yorlig‘ida ruschalab chiroyli qilib “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” deb yozilganini ko‘rsatadi:

- Bu alahsirashku, chin so‘zim, aql bovar qilmaydi! deya yakunlaydi o‘z videosini millatchi yigit.

Ijtimoiy tarmoqlarda yashin tezligida tarqayotgan videoga kelgan izohlardan birida “Pavel Ternulin” nomi ostida qoldirilgan sharhda kinoya bilan “Ular (millatchilar.- tahr.), shuningdek, o‘zbeklar tozalayotgan ko‘chalarda yuradi, o‘zbeklar yuvayotgan pod‘ezdlarda yashaydi, o‘zbeklar qurayotgan va ta‘mirlayotgan uylarda yashaydi”, deyiladi.

“Bu videoni o‘zbeklarga ko‘rsatmang: ular yorliqlarni o‘zgartirishga tushadi!”, deya hayqiradi “Ugon Tramvayev”.

Izoh qoldirgan yana bir shaxs Moskvada neofashistlar uchun kiyim sotishga ixtisoslashgan Thor Steinar do‘koni sotuvdagi barcha kiyimlar Isroilda ishlab chiqarilishini ma‘lum qildi.


Rus millatchilari yurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Ijtimoiy tarmoqda paydo bo‘lgan videodan hanuz o‘ziga kela olmayotgan Moskva millatchilari va taqirboshlari o‘z asosiy dushmanlari deb ko‘riladigan migrantlarga qarshi ommaviy yurishlarda ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ozodlik olgan ma‘lumotga ko‘ra, shu yilning 4 noyabr kuni o‘tadigan “Rus marshi”ga millatchilar yalang‘och kelish niyatida emas. Zero bu namoyish o‘tadigan kun Moskvada havo haroratining sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

“Russkiye” millatchilar tashkiloti rahbari Aleksandr Belov-Potkin chorshanba kuni jurnalistlar oldida qilgan chiqishida¸ bu marshga 30 ming kishini jalb qilish rejalashtirilayotganini ma‘lum qildi.

Bu marshda pravoslav millatchilar guruhlarining ham ishtirok etishi aytilmoqda. Millatchilar liderlaridan bo‘lgan Vladimir Tor marshga Navalьniy, Sobyanin va hatto prezident Vladimir Putin ham taklif etilganini bildirdi. U “Rus marshi” yildan yilga ommalashib borayotgani va deyarli barcha yirik shaharlarda o‘tkaziladi, dedi.

9 yildan beri o‘tayotgan bu marshlarda hozirga qadar 20 mingdan ziyod yig‘ilmagan.

Moskvaning Lyublinosi emas, qoq markazida o‘tkazishga tayyorlanayotgan bu yilgi namoyish 14 harfdan iborat shior ostida o‘tishi kutilmoqda.

Moskvaning Lyublinosi emas, markazida o‘tkazishga tayyorlanayotgan bu yilgi namoyish 14 harfdan iborat shior ostida o‘tishi kutilmoqda.

- Bu 14 harf toabad “Rus marshi”ning shiori bo‘lib qoladi. “Biz Rus yerimizni o‘z kelajagimiz va rus bolalarimiz kelajagi uchun saqlab qolishimiz kerak!” mana bizning shiorimiz, deydi “Noqonuniy migratsiyaga qarshi harakat”i qonun tomonidan ta‘qiqlanganidan keyin “Russkiye” haraqatini tuzib uni boshqarib kelayotgan Aleksandr Belov-Potkin.

Qo‘shimcha qilish joyizki, shior muallifi Devid Leyn 14 kodini “88” raqami bilan birga ishlatgani, u raqam esa “Xayl Gitler” ma‘nosini anglatadi.
XS
SM
MD
LG