Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:54

Ruslan Chagayev ikki chempionlik kamarini qo'lga kiritdi


O'zbekistonlik taniqli bokschi Ruslan Chagayev Moskvada o'tgan jangda serbiyalik Yovo Pudar ustidan g'alaba qozonib, WBA Continental va PABA chempionlik kamarlarini qo'lga kiritdi.

5 oktabr kuni o'tgan jang to'liq 12 raund davom etdi va unda o'zbekistonlik bokschi raqibini ikki marta - uchinchi va sakkizinchi raundlarda nokdaunga uchrata oldi.

Hakamlar hisob-kitobiga ko'ra, jangda Ruslan Chagayevning qo'li baland keldi - 118-111, 117-109 va 115-110.

Shunday qilib, 34 yoshli o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi WBA Continental (Qit’a bo‘yicha Butunjahon boks assotsiatsiyasi) va PABA (Panosiyo boks assotsiatsiyasi) chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Professional boksning WBA (Butunjahon boks assotsiatsiyasi) tasnifida eng og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ruslan Chagayev uchun ushbu g‘alaba 35 ta jangdan 32-si bo‘ldi (2 mag'lubiyat, 1 durang).

Ruslan Chagayev - Yovo Pudar, so'nggi uch raund.



"Olimpiyskiy" sport majmuasida 5 oktyabr kuni o'tgan boks kechasining asosiy janggi esa, ukrainalik taniqli bokschi Vladimir Klichko va rossiyalik raqibi Aleksandr Povetkinlar orasida bo‘ldi.

12 raund davom etgan ushbu jangda ukrainalik bokschining qo'li baland keldi.
XS
SM
MD
LG