Линклар

AQSh maxsus kuchlari Afrikada islomiy janggari guruhlar liderlariga qarshi ikkita amaliyot o‘tkazdi. Pentagon tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, Liviyada AQSh maxsus kuchlari Nozih Abdul Hamid Al-Ruqayniy qo‘lga olgan. Somalida Al-Shabab guruhi liderini hisbga olish bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyot esa natijasiz tugagan.

AQSh maxsus kuchlari Afrikada islomiy janggari guruhlar liderlariga qarshi ikkita amaliyot o‘tkazdi. Pentagon tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, Liviyada AQSh maxsus kuchlari Nozih Abdul Hamid Al-Ruqayniy qo‘lga olgan. Somalida Al-Shabab guruhi liderini hisbga olish bo‘yicha o‘tkazilgan amaliyot esa natijasiz tugagan.

AQSh rasmiylari maxsus kuchlar Liviyada o‘tkazgan amaliyot natijasida Anas Al-Libiy nomi bilan tanilgan Nozih Abdul Hamid Al-Ruqayniy qo‘lga olinganini bildirdi.

Al-Libiy 1998 yili 224 halokatiga olib kelgan AQShning Keniya va Tanzaniyadagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga aloqadorlikda gumonlanib, Qo‘shma Shtatlar tomonidan qidirilayotgan edi.

Al-Libiyning yaqinlariga ko‘ra, u shanba kuni poytaxt Tripolidagi o‘z uyi yaqinida ushlangan.

Liviya hukumati Al-Libiy qo‘lga olinganiga darhol munosabat bildirmadi.

6 oktyabr kuni Indoneziyaga safar qilayotgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Anas Al-Libiy ushlanganiga munosabat bildirib, terror sodir etganlar Qo‘shma Shtatlar ta‘qibidan qochib qutula olmasligini urg‘uladi.

- Bu Amerika Qo‘shma Shtatlari terror akti sodir etganlarni javobgarlikka tortish yo‘lidagi o‘z urinishini hech qachon to‘xtatmasligini, Al-Qoida va boshqa terrorchi tashkilotlar a‘zolari qochib qutula olmasligini aniq va ravshan ko‘rsatadi. Biz dunyo bo‘ylab odamlarga qarshi terrorchilik xurujlari barham topishiga umid qilgan holda, jinoyatchilarni tutib, javobgarlikka tortish yo‘lidagi urinishimizni davom ettiramiz, - deya bayon qildi Jon Kerri.

Anas Al-Libiy qo‘lga olingani ilgari bir necha bor xabar qilingan. Ammo AQSh rasmiylari uni inkor qilgan edi.

2007 yilda Hyuman rayts uotch inson huquqlari tashkiloti Al-Libiy bir paytlar AQSh Markaziy razvedka xizmatining maxfiy qamoqxonasida saqlangan yigirmaga yaqin mahbusning biri bo‘lgan, degan taxminni ilgari surgandi.

Vashington Anas Al-Libiyni qo‘lga olishda yordam beradigan ma‘lumot uchun 5 million dollar mukofot puli berilishini e‘lon qilgan.

Ayni paytda, Somalida AQSh maxsus kuchlari Al-Shabab janggari guruhining rahbarini qo‘lga olish uchun reyd o‘tkazdi.

Somalidagi rasmiylarga ko‘ra, shanba kuni tongda xalqaro harbiy kuchlar Barave shahrida amaliyot o‘tkazgan.

Ismi oshkor etilmasligini so‘ragan AQSh rasmiysiga tayanib Assosieyted Press axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, AQSh kuchlari va Al-Shabab janggarilari o‘rtasida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda janggarilar talafot ko‘rgan, amerikalik harbiylarga zarar yetmagan.

Undan oldin Al-Shabab janggarilari Britaniya va Turkiya maxsus kuchlari Baraveda o‘tkazgan reydda bir janggari va britaniyalik bir zobit o‘lganini, boshqalari yaralanganini iddao qilgan.

Britaniya Mudofaa vazirligi bunday amaliyot o‘tkazilganidan bexabar ekanini bildirdi.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligi ham mamlakat kuchlari bunday amaliyotda qatnashganini inkor qildi.

Somali razvedka xizmati rasmiysiga ko‘ra, Baraveda o‘tkazilgan reydda asosiy nishon qo‘riqchisi o‘ldirilgan va o‘zi yarador bo‘lgan chechen qo‘mondoni bo‘lgan.

Politsiya ma‘lumotiga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvda yetti kishi nobud bo‘lgan.

Bu amaliyotlar Al-Shabab janggarilari Nayrobi shahridagi Westgate savdo markaziga hujum uyushtirgani natijasida 67 kishi nobud bo‘lganidan ikki hafta o‘tib amalga oshirildi.
XS
SM
MD
LG