Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:48

Suriyaning kimyoviy qurollari yo‘q qilina boshlandi


Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti (KQTT) ekspertlar guruhi Suriyaning kimyoviy qurollarini yo‘q qilishga kirishdi.

Buni tashkilot mutaxassislari bilan birga ishlayotgan BMT rasmiylari 6 oktyabr kuni e‘lon qildi.

Mazkur missiya Suriyaning kimyoviy qurollarini yo‘q qilish bo‘yicha AQSh va Rossiya kelishuvga erishganidan so‘ng BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan rezolyutsiya asosida tuzilgan.

Kelishuvda Suriyaning barcha kimyoviy qurollari 2014 yil o‘rtasiga qadar yo‘q qilinishi nazarda tutilgan.

O‘tgan oy Suriya hukumati kimyoviy qurollari haqidagi ma‘lumotlarni xalqaro tashkilotga taqdim qilgan.

Suriyaning kimyoviy qurollarini yo‘q qilish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar orasida O‘zbekiston vakili ham bor.
XS
SM
MD
LG