Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:59

O‘zbekistonlik ayol 4 farzandi bilan Domodedovoda hibs qilindi


Andijonlik Zulhumor Alijonova 4 farzandi bilan Domodedovo aeroportining to‘rt tomonidan yelvizak esgan hibsxonasida kuniga bir mahal qaynatilgan makaron berib saqlanmoqda.
Andijonlik Zulhumor Alijonova 4 farzandi bilan Domodedovo aeroportining to‘rt tomonidan yelvizak esgan hibsxonasida kuniga bir mahal qaynatilgan makaron berib saqlanmoqda.
Bishkekdan Rossiyaning Domodedovo aeroportiga uchib borgan andijonlik Zulhumor Alijonova 4 bolasi bilan hibsxonada qolmoqda. Rossiya huquq-tartibot idoralari noqonuniy ravishda mamlakatga kirishga uringan bu oilani O‘zbekistonga deportatsiya qilishga qaror qildi. Ammo huquq faollari qarshiligi bilan oila tranzit zonada qoldirildi.

Rossiyaning Domodedovo aeroportiga 4 oktyabr kuni uchib borgan andijonlik Zulhumor Alijonova 4 nafar voyaga yetmagan bolasi bilan hibsda saqlanmoqda.

Ayolni noqonuniy tarzda kelgan, deb topgan aeroport politsiyasi oilani Rossiya hududiga kiritmadi.

Ayni damda aeroportning tranzit hududidagi hibsxonasida o‘ta og‘ir ahvolda saqlanayotgan oilani O‘zbekistonga deportatsiya qilishga qaror qilingan.

Bu xabarni olishi bilan Domodedovo aeroportiga borgan Ozodlik muxbirining aniqlashicha, politsiya Alijonovani 4 bolasiga qo‘shib O‘zbekistonga qaytarib yuborishga uringan.

- Aeroport politsiyasi, hatto, ularni majburlab uchish yo‘lagiga olib chiqqan. Lekin bular qarshilik ko‘rsatib, dod-voy solishganidan so‘ng uchuvchi ularni samolyot bortiga olishdan bosh tortgan va shundan keyin politsiya ularni olib qolishga majbur bo‘lgan, - dedi andijonlik oila ahvolini surishtirib, aeroport politsiyasi bilan uchrashgan muxbir.

Uning aniqlashicha, shu tariqa deportatsiyasi to‘xtab qolgan Alijonova 4 bolasi bilan tranzit zonadagi hibsxonada qolmoqda.

- U yerda yana 13 kishi saqlanmoqda. Hammasi bitta xonada. Sharoiti yo‘q, yotoq joyi yo‘q, sovuq. Kattasi 15, kichigi 3 yashar bo‘lgan to‘rt bolasi bilan Zulhumor Alijonova ham ayni xonada. Uning aytishicha, birinchi kun ovqat ham berilmagan. Keyin bolalar och qolib yig‘lagach bir mahal qaynatilgan makaron berishgan, - deydi Umidbek.

Buning ustiga Alijonovaning yuklari aeroport xodimlari tomonidan O‘zbekistonga berib yuborilgan va shu bois, yelvizak esayotgan hibsxonadagi bolalarning ust-boshi ham yupun.

Ayni damda Rossiyada inson huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanuvchi bir qator tashkilot bu oila taqdiri bilan qiziqmoqda.

Ammo, aeroport politsiyasi huquq faollariga Alijonova bilan uchrashish imkonini bermadi.

Zulhumor Alijonovani Rossiyada kutayotgan turmush o‘rtog‘i esa (Ismi sir saqlanmoqda. - Tahr.) oilasining O‘zbekistonga qaytarilishiga mutlaqo qarshi.

Ozodlik muxbiri bilan o‘zaro suhbatda aytishicha, Rossiyadan siyosiy boshpana olgan bu shaxs O‘zbekistonda qidiruvga berilgan.

U o‘zi va oilasining O‘zbekistonga qaytarilishini ularning xavfsizligi va huquqlari daxlsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid, deb hisoblamoqda.

Ayni damda Markaziy Osiyolik siyosiy qochqinlar himoyasi bilan shug‘ullanayotgan Svetlana Gannushkina oilaga huquqiy yordam bermoqda.

Aynan shu tashkilot bosimi ostida Zulhumor Alijonovaning siyosiy boshpana so‘rab kiritgan arizasi qabul qilindi.

Boshqa tafsilotlarni muxbirimiz Umidbek bilan quyida keltirilgan suhbatdan topishingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:04 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG