Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:42

Farg‘ona markazidagi bozor yonib ketdi


Farg‘ona shahri markazidagi oziq-ovqat ulgurji bozori binosi yonib ketdi. Ozodlik manbasiga ko‘ra, falokat ertalab soat 4-5 larda sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida talafot ko‘rilmagan, ammo katta moddiy zarar ko‘rilgan.

Farg‘ona shahri markazidagi oziq-ovqat ulgurji bozori binosi yonib ketdi. Ozodlik manbasiga ko‘ra, falokat ertalab soat 4-5 larda sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida talafot ko‘rilmagan, ammo katta moddiy zarar ko‘rilgan.

6 oktyabrga o‘tar kechasi Farg‘ona shahri markazidagi uch qavatli oziq-ovqat ulgurji bozori binosi yonib ketdi.

Ozodlik manbasiga ko‘ra, yong‘in ertalab soat 4-5 larda sodir bo‘lgan.

Фарғонада озиқ-овқат улгуржи бозори ёнмоқда.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:25 0:00
Бевосита линк


Falokat ro‘y bergan paytda bozorda qorovuldan boshqa odamlar bo‘lmagani uchun hech kim jabrlanmagan.

Yong‘in oqibatida katta moddiy zarar yetgani taxmin qilinmoqda.

- Uch qavatli binoning birinchi qavatidanmi yoki yoniga yangi qurilgan bir qavatli binodan o‘t chiqib keyin tepaga qarab uribdi. Bir tomon yongan deyishdi. Lekin o‘sha yonmagan, zalning ichida qolgan oziq-ovqat mahsulotlari yaroqsiz holga kelgan, deb aytishdi, deydi Ozodlik manbasi.

Unga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lganidan keyin voqea joyiga o‘t o‘chiruvchi mashinalar tezda yetib kelgan.

Qo‘shni binoda ta‘mirlash ishlari ketayotgani sababli tashqariga olib chiqib qo‘yilgan rastalar va mahsulotlar o‘t o‘chiruvchi mashinalarning binoga yaqinlashishiga to‘sqinlik qilgan.

Shunga qaramay, o‘t o‘chiruvchilar alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan.

Bozordagi do‘konlarda tez buziladigan oziq-ovqat maxsulotlari muzlatkichda saqlangani uchun bino ichida muzlatkichlar ko‘p bo‘lgan.

Hozircha do‘konlardan biridagi elektr simida ro‘y bergan qisqa tutashuv yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va shahar hokimiyati rahbarlari voqea joyiga borgan.

Hozir bozor binosidagi yong‘in bo‘yicha tekshiruv olib borilmoqda.

Bu Farg‘ona shahrida do‘konlarning birinchi marta yonib ketishi emas.

22 iyun kuni Farg‘ona shahri markazida yong‘in ro‘y bergan edi.

Ozodlikning WhatsApp tarmog‘idagi mushtariylari yong‘in oqibatida “Aleksandriya” restorani, “Doner” kafesi, mebel va optika do‘konlari joylashgan ikki qavatli bino tomi (jami 160 metr kvadrat joy) butunlay kuyib ketganini xabar qilgan edi.
XS
SM
MD
LG