Линклар

logo-print
O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatuvchi Ucell mobil aloqa operatori shu yilning 15 oktyabridan boshlab tarmoqqa yangi ulanayotgan mijozlardan 2000 so‘m miqdorida to‘lov ola boshlaydi. Bu haqda shirkat o‘z sayti orqali ma‘lumot tarqatdi.

“Ushbu yangi tartib majburiy chora bo‘lib, kompaniya tomonidan doimiy ravishda xarid qilib olinayotgan yangi SIM-kartalar va yangi abonentlarni tarmoqqa ulashga doir boshqa sarf-xarajatlarni qoplashga imkon beradi”, deyiladi Ucell saytida.

Mazkur to‘lovni amalga oshirgan yangi mijozlarga SIM-karta, abonent raqami va shirkat bilan tuzilgan shartnoma taqdim etilishi aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG