Линклар

logo-print
Qurbon hayiti bu yil 15 oktabr kuni nishonlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma‘lumot tarqatdi.

“Saudiya Arabistoni Oliy mahkamasi milodiy 2013 yilning 6 oktabr kuni hijriy 1434 yil Zulhijja oyining birinchi kuniga to‘g‘ri kelishini e‘lon qildi.

Bundan kelib chiqadiki, hojilarning Arafot vodiysida turishlari 14 oktyabrga, Qurbon hayitining birinchi kuni esa 15 oktabrga to‘g‘ri keladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Bugungi kunda 4000 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchi Saudiyaga yetib borib, ibodatlarni ado etishga kirishgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma‘lumotiga ishonilsa, Haj amallari boshlanguniga qadar u yerga yana 1200 nafar ziyoratchi yetib borishi kerak.
XS
SM
MD
LG