Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:14

Rossiya bojxonasi “o‘zbek snoudenlariga” javob bermayapti


3 kundirdki o‘zbekistonlik qochqin-ayol 4 nafar voyaga yetmagan farzandi bilan Rossiyaning Domodedovo aeroportining tranzit zonasidagi qamoqxonada qolmoqda. “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti Rossiya Federatsiyasining ombudsmani Vladimir Lukinni yuzaga kelgan vaziyat haqida xabardor qilib, ayol va bolalarini qamoqdan chiqarishda yordam berishini so‘radi.

Moskvaning eng yirik aeroporti Domodedovoda Bishkekdan o‘z bolalari bilan kelgan qochqin ayol – Zulhumor Alijonova ortga deportatsiya qilinish xavfi ostida qolmoqda.

Uni o‘z himoyasiga olgan “Fuqaroviy ko‘mak” qo‘mitasi Rossiya Federal migratsiya xizmati bu ayol va uning farzandlarini rasman qochqin sifatida tan olganiga qaramasdan, aeroport bojxona xodimlari qochqinlarni Bishkekka qaytarib yuborishga harakat qilayotganidan taassuf bildirdi.
  1. Yosh mahbuslarga mahalliy huquq himoyachilari va jurnalistlar allaqachon “o‘zbek snoudenlari” deb nom berishdi. Bolalarni qamoqda saqlash aqlga sig‘maydi, ular darhol qo‘yib yuborilishi kerak, deydi Berlindan turib vaziyatni kuzatayotgan “Fuqaroviy ko‘mak” qo‘mitasi rahbari Svetlana Gannushkina Ozodlik bilan telefon suhbatida.

- Vaziyat Snoudenniki bilan bir xil: faqat bolalar panjara ortida saqlanayapti, mehmonxonada emas. Umuman tushunib bo‘lmayapti – axir bu bolalar-ku! Ular allaqachon qochqinlikka ariza yozishgan: biz Migratsiya xizmatidan xodimni yuborishni so‘radik. Rahmat ularga, vakilasi kelib, so‘roq qildi va bolalar Rossiyaga qonunan kirib kelayotganini Bojxona xizmatiga ma‘lum qildi. Ammo negadir hech qim ularni Rossiyaga kiritish borasida qaror qabul qila olmayapti, deya hayajonlanadi Svetlana Gannushkina.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:10 0:00
Бевосита линк


Huquq himoyachisi so‘zlariga ko‘ra, Domodedovo bojxonachilari FMS tasdig‘ini inobatga olmasdan, 3 kundan buyon bolalarni, jumladan 3 yashar qizchani sovuq hibsxonada ushlab turibdi.

- Men bugun vaziyatga Lukin (Rossiya Federatsiyasining ombudsmani Vladimir Lukin- tahr.) aralashadi va bolalar ozod etiladi, degan umiddaman. Bu masala pasport bo‘limiga bosim o‘tkazilmasa, hal etilmasligi aniq. Ota-onasiga kirish mumkin bo‘lsa, qanday qilib ularning bolalariga mumkin emas? Snouden voyaga yetmagan bo‘lmagan – u o‘z hatti-harakatlari uchun javob beradi. Bu bolalar uchun esa ota-onasi javobgar. Hujjatlari hammasi joyida bo‘lsa – muammo nimada? Tushunib bo‘lmayapti. Axir ular kelgan ham Qirg‘iziston, ham O‘zbekiston bilan vizasiz rejim amal qiladi,- deydi chegarachilar bu vaziyatda xalqaro qoidalarni qo‘pol buzayotganini ta‘kidlagan Fuqaroviy ko‘mak” qo‘mitasi rahbari Svetlana Gannushkina.

Ayni paytda, Ozodlik aeroportning tranzit zonasidagi hibsxonadagi o‘zbek qochqinlari bilan telefon orqali ulanishga muvaffaq bo‘ldi.

Telefonni ko‘targan bolalarning to‘ng‘ichi - 15 yoshli Abdulquddus vaziyatni Ozodlikka shunday tasvirlab berdi:

- Aeroportdamiz, politsiyadamiz, ovqatlarini yeb bo‘lmaydi. Sovuq, qamoqqa o‘xshaydi – oynaklariga reshyotka to‘silgan. Har xil davlatdan odamlar o‘tiribdi biz bilan. Bugun choy berdi – bugundan yaxshi qarashni boshladi,- deydi telefonni onasiga uzatgan yigit.

Ozodlik bilan suhbatda Zulhumor Alijonova hibsxona xodimlari bolalarga issiq ovqat olib kelishini hisobga olmaganda, vaziyat hozircha o‘zgarishsiz qolayotganini aytdi.

- Hech kim kelgani yo‘q oldimizga. Bular deport qilvoramiz, deyapti. “Bagajimizni beringlar – ust-boshimiz yo‘q, mana qarang: kichkinam maykada o‘tiribdi”, desam, “Sen kelgan samolyotingda qaytib ketishing kerak edi. Endi deport qivoramiz”, deyapti. Qamoqxonadek gap ekan bu yer: 10 soat taqqilatib, iltimos qilganingizdan keyin ochishar ekan. Hozir bitta xotin kelib bularga nima kerak, deb endi so‘radi. “Uch kundan beri issiqroq narsa ichgani yo‘q ”, desam yarim litrli baklashkada suv berib ketdi. “Bizni ishimiz nima bo‘ldi?”, deb so‘rasam , “Bu senga sud emas, O‘zbekistoninigga borib, haq talab qilasan”, deyapti,- deydi Rossiyada siyosiy boshpana so‘ragan va bolalarini deportatsiya qilinishidan olib qolgan Zulhumor.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:59 0:00
Бевосита линк


Ma‘lum bo‘lishicha, Rossiyada siyosiy qochqinlikda yurgan farzandlarning otasi ham bir necha kundan beri farzandlari taqdiridan havotir qolmoqda.

Ozodlik vaziyatni kuzatishni davom etadi.
XS
SM
MD
LG