Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:07

O‘zbek doirachisi Chexiya-Slovakiya talantlari tanlovi 2 bosqichiga o‘tdi


O‘zbekistonlik 33 yashar Farhod Toshev Praga shahrida “Chexiya va Slovakiya talantlarni izlaydi” tanlovida doira chalib, jyurilar olqishini qozondi. Ko‘p yillardan beri Pragada yashab kelayotgan bu o‘zbekistonlik havaskor doirachidir.

O‘zbekistonlik 33 yashar Farhod Toshev Praga shahrida “Chexiya va Slovakiya talantlarni izlaydi” tanlovida doira chalib, jyurilar olqishini qozondi.

Farhod buxorocha zarbop to‘nda sahnaga chiqib, doirani chala boshlagach chex va slovak yulduzlaridan iborat jyuri hay‘ati a‘zolari uning mahoratiga qoyil qolishdi.

Har uchala jyuri uni tanlovning navbatdagi bosqichiga o‘tishi uchun ovoz berdi.

Asli Buxorodan bo‘lgan Farhod Toshev Ozodlik bilan suhbatda bu o‘zi uchun kutilmagan xol bo‘lganini aytadi.

- Ancha yillardan buyon shu tanlovni kuzatib borar edim. Bu safar men ham o‘zimizni milliy doira san‘atini yevropaliklarga ko‘rsatmoqchi bo‘ldim. Birinchi navbatda meni oyog‘imdagi milliy etik, sholvor, Buxorodagi qubbado‘zlar tikkan to‘nimni ko‘rib ular “oh” devorishdi. Doirani chalib tugatganimdan keyin, yana chal deyishdi. Keyin uchala jyuri ham “ano”, deb meni navbatdagi bosqichga o‘tkazishdi, - deydi Farhod.



“Chexiya va Slovakiya talantlarni izlaydi” tanlovida o‘zbekistonlik birinchi bor qatnashyapti.

Tanlov jyuri hay‘ati a‘zolari bo‘lgan mashhur chex moderatori Leosh Maresh, taniqli qo‘shiqchi Lyutsia Bila va slovakiyalik mashhur prodyusser Yaroslav Slaviklar uchun o‘zbek doirakashining chiqishi yangilik bo‘ldi.

- Leosh Maresh O‘zbekiston haqida eshitganman, poytaxti Samarqand, deganida slovak prodyusseri Yaro Slavik uni to‘g‘irlab qo‘ydi. Yaro, “men bilaman O‘zbekistonni poytaxti Toshkent, bularda eng zo‘r taom palov”, dedi. Xullas, san‘atimizga, madaniyatimizga qiziqishyapti. Hozir tanlovni ikkinchi bosqichiga o‘tdim, ohirigacha boraman Xudo xohlasa, - deydi Farhod Toshev.

Lekin, tanlovning final bosqchiga o‘tish uchun o‘zbek doirachisi yanada ko‘proq mahorat ko‘rsatishi kerak bo‘ladi.

- Endigi chiqishimda, ikki va uchta diora bilan chiqmoqchiman. Keyingi bosqichlariga ham bundan kuchlisini tayyorlab qo‘yibman. Doirani barmog‘imda aylantirib chiqaman. O‘zbekistondagi ta‘lim olgan ustozlarimning duosi bilan Yevropani yuragi Pragada doira san‘atini ko‘p qirralarini ko‘rsatishga harakat qilaman, - deydi buxorolik doirachi Farhod Toshev.

“Chexiya va Slovakiya talantlarni izlaydi” tanlovida xorijliklar ham qatnashishi mumkin.

2011 yilda qirg‘izistonlik raqqos Atay Umurzoqov mazkur tanlov g‘olibi bo‘lgan edi.

Tanlov g‘olibini 100 ming yevrolik pul mukofoti va AQShning Las Vegas shahriga sayohat kutmoqda.
XS
SM
MD
LG