Линклар

Eronning Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi Facebook va Twitter tarmoqlari uchun joriy etilgan cheklov qarorini qayta ko‘rib chiqadigan ishchi guruhini tuzmoqda.

Buni vazirlik seshanba kuni o‘zining Internetdagi rasmiy saytida e‘lon qildi.

Dushanba kuni Erondagi axborot agentliklari vazir Mahmud Vayoziyga tayanib ijtimoiy tarmoqlarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishni rejalamaganini xabar qilgan edi.

Bir necha soat o‘tib bunday bayonot bermaganini Internet orqali ma‘lum qilgan Vayoziy bu masala ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy idorasi Twitter tarmog‘idan foydalanadi.

Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ham Facebook ham Twitter tarmoqlarida o‘z sahifasiga ega. Aksar eronliklar Internet saytlariga kirish uchun proksilardan foydalanadi.
XS
SM
MD
LG