Линклар

Hindiston o‘z atom stantsiyalari uchun O‘zbekistondan uran sotib olish borasida muzokara olib bormoqda.

The Economic Times Internet nashriga ko‘ra, Hindiston Atom energiyasi departamenti rasmiylari ayni masalani muhokama qilish uchun o‘tgan hafta O‘zbekistonga safar qilgan.

2014 yil ichida Hindiston 19 ta atom reaktori uchun O‘zbekistondan 2000 tonna uran sotib olishni rejalagan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Hindiston Tashqi ishlar vaziri Salmon Hurshid sentyabr oyida Toshkentda uchrashgan edi.

Vazirlar o‘rtasidagi avvalgi muzokaralarda ham ayni masala muhokama qilingan.
XS
SM
MD
LG