Линклар

Janubiy Koreyaning Samsung shirkati bukilgan displeyli birinchi smartfonni taqdim etdi.

Galaxy Round deb ataluvchi ushbu telefon apparati payshanba kunidan Janubiy Koreyada sotuvga chiqariladi.

Smartfonning qalinligi 7,9 millimetr, og‘irligi esa 154 grammni tashkil etadi.

Galaxy Round apparatining plastik, bukilgan displeyi shisha ekranli telefonlardan farqli tashqi ta‘sirdan ancha himoyalangan.

Smartfonni, agar tekis yuzada yotgan bo'lsa, displeyining chap yoki o'ng tarafiga bosib ishlatish mumkin.

Galaxy Round apparati 5,7 dyuymli ekran, to'rt yadrolik protsessor, uch gigabaytlik operativ xotir hamda 13 megapiksellik kameraga ega.

Bukilgan smartfonninf Janubiy Koreyadagi narxi 1,02 million vonga (taxminan 1 ming AQSh dollari) teng bo'lishi aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG