Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:05

Hollandiyada diktator Karimov surati tushirilgan chipslar paydo bo‘ldi


Paketiga dunyoning eng qattol diktatorlari surati tushirilgan va "Diktator chipslari" deb yozib qo‘yilgan chipslar Hollandiyada paydo bo‘ldi.

Shunday chipslar orasida O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov rasmi tushirilgani ham bor.

Ushbu art-loyiha hollandiyalik dizayner Virjini Morenhot tarafidan yo‘lga qo‘yildi.

Chips paketlari orasida o‘zbek prezidentidan tashqari Rossiya rahbari Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, liviyalik marhum diktator Muammar Qaddafiy, Argentina sobiq rahbari Xorxe Vidal, Moldiv Respublikasi prezidenti Muhammad Hassan,Chili diktatori Augusto Pinochetlarning surati tushirilganlari ham bor.

Diktator chipslarni Hollandiya do‘konlarida 30 yevroga sotib olish mumkin. Loyiha rahbari Virjini Morenhot bu loyihaga pul orttirish maqsadida qo‘l urmaganini aytmoqda.

XS
SM
MD
LG