Линклар

O‘zbekistonning fahri bo‘lib kelgan bokschi Ruslan Chagayevni Checheniston rahbari o‘ziniki qilmoqchi, aftidan.

O‘z chiqishlarining birida chechen rahbari Ramzan Qodirov o‘zbekistonlik Chagayevda chechen millatiga mansub barcha fazilatlar boriligini aytib, uning chechen ekaniga sha‘ma qildi.

- Chempion bo‘lgan payti uni o‘zbek deyishdi, tatar deyishdi. Endi u o‘zimizniki, - deb aytdi Ramzan Qodirov.

1978 yilda O‘zbekistonning Andijon shahrida tug‘ilgan bokschi Germaniyadagi Universum Box Promotion klubida shug‘ullanib kelgan.

O‘tgan yili Trinidad-Tobagodan bo‘lgan bokschi Kertson Mansvell ustidan g‘alaba qilgan Ruslan Chagayev ringda Ramzan Qodirov surati tushirilgan futbolkani kiyib olgan edi.

O‘tgan haftada Moskvada serbiyalik Yovo Pudarga qarshi jangni Ruslan Chagayev Chechenistonda prezident Ramzan Qodirov tomonidan moliyalanadigan "Ahmat boks klubi" bayrog‘i ostida o‘tkazdi.

Ruslan Chagayevning o‘zi bu yuzadan izoh bermagan.
XS
SM
MD
LG