Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:23

Futbol: O‘zbekiston-Vetnam o‘yini uchun chiptalar 10 ming so‘mdan bo‘ladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining Vetnam terma jamoasi bilan uchrashuvi uchun chiptalar 10 oktyabrdan boshlab sotuvga chiqariladi.

O‘yin 2015 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichining 3-turi doirasida 15 oktyabr kuni Toshkentning “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston futbol federatsiyasi tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra, o‘yin chiptalarning narxi barcha sektorlar uchun bir xil – 10 000 ming so‘m qilib belgilangan.

Eslatamiz, Vetnamga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 oktyabr kuni Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazadi.

Vetnam terma jamoasi esa 10 oktyabr kuni Dohada Qatar termasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, mezbonlarni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
XS
SM
MD
LG