Линклар

logo-print
Tojikiston poytaxti Dushanbeda kecha tunda uyushtirilgan mashina poygasi paytida ro‘y bergan halokatda uch kishi halok bo‘ldi.

Mamalakat hukumati amaldorlarining bolalari bunday poygalarni tez-tez uyushtirib turadi.

Dushanbe yo‘l harakati xavfsizligi idorasidagi manbalarning Ozodlik tojik xizmatiga aytishicha, chorshanba tunda mahalliy vaqt bilan soat to‘rtlarda poytaxt markazida ro‘y bergan halokatga “o‘ta muhim shaxslar”ning qimmat mashina mingan o‘g‘illari sababchi bo‘lgan.

Tojik matbuotiga ko‘ra, Tojikiston temir yo‘llari davlat shirkati raisining 21 yoshli jiyani Asror Hukumov mazkur hodisaga aloqadorlikda ayblanib, tergov qilinmoqda. Hukumov prezident Imomali Rahmonning qarindoshidir.
XS
SM
MD
LG