Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:20

O'zbekistonlik yosh futbolchilar 2014 yilgi Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi


Futbol bo'yicha O'zbekistonning 19 yoshgacha bo'lgan yoshlardan iborat terma jamoasi 2014 yilgi Osiyo chempionatiga yo'llanmani muddatidan avval qo'lga kiritdi.

10 oktabr kuni "A" saralsh guruhining 4-turi doirasida bo'lib o'tgan o'yinda o'zbekistonlik yosh futbolchilar hindistonlik tengqurlarini 3:0 hisobida mag'lub etishdi.

Do'hadagi "Al Arabi" stadionida o'tgan va qiziqarli vaziyatlarga bo'y bo'lgan o'yindagi gollarga Asliddin Abdiyev (dubl) va Bobur Davlatovlar mualliflik qilishdi.

Uch o'yinda 9 ochko to'plagan O'zbekiston U-19 terma jamoasi ayni damda "A" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Bu esa kelasi yili Myanmarda o'tadigan Osiyo chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirish uchun yetarlidir.

Guruhdagi birinchi o'rinni 9 ochkoga ega, biroq gollar nisbati bo'yicha O'zbekistondan oldinda bo'lgan Qatar jamoasi egallab turibdi.

O'zbekistonlik yoshlarning guruhdagi so'nggi uchrashuvi ham aynan Qatar jamoasiga qarshi o'tadi. O'yin 12 oktabr kuni bo'lib o'tadi.

2014 yilgi Osiyo chempionati saralash bosqichning "A" guruhidagi bugungi vaziyat quyidagicha:

# Jamoalar O'yinlar Ochkolar
1 Qatar 3 9
2 O'zbekiston 3 9
3 Hindiston 3 3
4 Turkmaniston 3 3
5 Nepal 3 0


O'zbekiston U-19 - Hindiston U-19 uchrashuvidagi gollar videolari:



XS
SM
MD
LG