Линклар

Eron bir oy muddat ichida fazoga yana maymun uchirishni rejalamoqda.

Buni Eronning Fazo tadqiqotlari tashkiloti rahbari muovuni Hamid Foziliyga tayanib Jumhuri Islomiy nashri xabar qildi.

Eron joriy yil 28 yanvar kuni fazoga uchirilgan maymun Yerga muvaffaqiyatli qo‘nganini iddao qilgan.

Biroq fazoga uchgan deb namoyish qilingan maymun avval ommaga ko‘rsatilganidan farqli bo‘lgani tajriba muvaffaqiyatini savol ostiga qo‘ydi.

Eronda ilk bor 2011 yil sentyabrida fazoga maymun uchirish yo‘lidagi urinish muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

G‘arb davlatlari Eron maymun uchirish baxonasida yadroviy kallaklar o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan raketa texnologiyalarini yaratishga urinayotgani xususida tashvish bildirgan.

Ammo Tehron yadroviy qurolga ega bo‘lish va raketalar yaratishga urinayotgani haqidagi iddaolarni rad qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG