Линклар

logo-print
O‘zbekistonlik musulmonlar Saudiya Arabistonida Haj amallarini bajarishga kirishdi.

Muqaddas Haj ibodati yakshanba kuni xojilarning Makka shahridan Minoga transport vositalarida va piyoda yo‘lga chiqishlari bilan boshlandi.

Bu yilgi Haj ziyoratini bajarish uchun ikki milliondan ziyod xorijlik musulmon Saudiya Arabistoniga borgan.

Dushanba kuni bomdod namozidan keyin xojilar Makkadan 19 kilometr narida joylashgan Arafot tog‘iga chiqadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma‘lumotiga ko‘ra, bu yil 5200 nafar o‘zbekistonlik musulmon Haj ibodatini bajarish uchun Saudiyaga borgan.

Ularga 30 nafar hojiboshi, 30 nafar shifokor va 10 nafar oshpaz xizmat qilmoqda.

Bu yil dunyo musulmonlari, jumladan, o‘zbekistonlik musulmonlar Qurbon xayiti bayramini seshanba kuni nishonlaydilar.

Hukumat 15 oktyabrni dam olish kuni deb e‘lon qildi.

Bayram munosabati bilan Toshkentdagi AQSh elchisi Jorj Krol O‘zbekiston musulmonlariga tabrik yo‘lladi.
XS
SM
MD
LG