Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:26

Moskvadagi tartibsizliklar chog‘ida yuzlab odam qo‘lga olindi


Biryulevodagi darg‘azab olomon savdo markazi oynasini sindirmoqda, Moskva, 2013 yilning 13 oktyabri.
Biryulevodagi darg‘azab olomon savdo markazi oynasini sindirmoqda, Moskva, 2013 yilning 13 oktyabri.
Moskvaning Biryulevo mavzeida yuz bergan tartibsizliklar chog‘ida mahalliy politsiya vakillari qariyb 400 kishini qo‘lga oldi. Ularga qarshi bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Biryulevoda tartibsizliklar boshlanishiga 10 oktyabr kuni mahalliy fuqaro Yegor Shcherbakovning kavkazcha qiyofali noma‘lum shaxs tomonidan pichoqlab o‘ldirilishi sabab bo‘lgan.

Mazkur hodisadan g‘azablangan olomon kecha millatchilik shiorlarini qichqirib aytib, mashinalarni ag‘darib, savdo markazi oynalarini pachoqlaganlar va sabzavot bazasi darvozasini sindirib kirganlar. Ular qotil ana shu bazada yashiringan, degan gumonda bo‘lganlar.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, tartibsizlik chog‘ida uch nafar OMONchi jabrlangan.

Qotilni topish uchun barcha choralar ishga solinganini ta‘kidlagan Moskva politsiyasi mutasaddilari ayni paytda Biryulevodagi vaziyat nazorat ostida ekanini aytmoqdalar.

XS
SM
MD
LG