Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:26

Matbuot: Odil Ahmedovga SSKA qiziqish bildirmoqda


Odil Ahmedov O'zbekiston milliy terma jamoasi safidan 9-raqam ostida harakat qiladi.
Odil Ahmedov O'zbekiston milliy terma jamoasi safidan 9-raqam ostida harakat qiladi.
"Anji" futbol klubi safida Rossiya Premyer-ligasida to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedovga endi SSKA klubi ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Izvestiya" nashri xabar berdi.

Nashrga ko'ra, Ahmedovni sotib olish orqali moskvalik jamoa futbolchilarning jarohat olishi tufayli yarim himoya chizig'ida paydo bo'layotgan muammolarni hal qimoqchi.

Eslatamiz, avvalroq qator Rossiya matbuotida yarim himoyachi Odil Ahmedovning kelayotgan qishki transfer oynasida Sankt-Peterburgning "Zenit" jamoasiga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqagan edi.

Ushbu xabarlarda o'zbekistonlik futbolchining transfer narxi 10 million yervroga baholangani aytiladi. Biroq na "Anji" klubi, na Ahmedovning o'zi bu xabarlarga izoh bergani yo'q.

Joriy yilning yoz oylarida "Anji" egasi Sulaymon Kerimov klubda qator islohotlar o'tkazmoqchi ekani, jumladan, jamoaning yetakchi o'yinchilarini sotishini bildirgan edi.

Eto'O, Villian, Denisov, Jirkov kabi futbolchilarni sotib yuborgan "Anji" ayni damda 12 uchrashuvda 6 ochko qozongan holda Premyer-liganing eng quyi pog'onasida bormoqda. 2012/2013 yilgi mavsumda esa maxachqal'alik jamoa Rossiya chempionatining bronzasiga sazovor bo'lgan edi.

Odil Ahmedov "Anji" safiga 2011 yili "Paxtakor"dan ijara asosida kelib qo'shilgan edi. Ijara muddati yakunlanganidan so'ng dog'istonlik jamoa Ahmedovni to'liq sotib olishga qaror qilgan.

2011 yil natijalariga ko'ra o'zbekistonlik futbolchi "Anji"ning eng yaxshi o'yinchisi, deb e'lon qilgan edi.

25 yoshli Odil Ahmedovning Dog'iston klubi bilan amaldagi shartnomasi 2015 yil yozigachga mo'ljallangan.

Professional keryerasini 2006 yili Toshkentining "Paxtakor" futbol klubida boshlagan Ahmedov 2007 yildan beri O'zbekiston milliy terma jamoasi sha'nini himoya qilib keladi.

Futbolchi milliy terma jamoa safida 52 ta o'yin o'tkazib, ularda 8ta gol urgan.

Futbolchilar transfer narxini aniqlash bo'yicha ixtisoslashgan Transfermarkt.de saytiga ko'ra, Odil Ahmedovning transfer bahosi ayni damda 6 million yevroga teng.
XS
SM
MD
LG