Линклар

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova WordPress blog-platformasidagi o‘z sahifasini o‘chirib tashladi. Bu haqda Uzmetronom.com sayti xabar qiladi.

Uch tilda yuritilgan bu sahifada Gulnora Karimova bor-yo‘g‘i uchta matn e‘lon qilgandi. Xususan, uning Qo‘qon sayohati haqidagi blogi to‘g‘risida Ozodlik ham yozgandi.

“Tarmoqdagi sahifasini yo‘q qilish haqidagi qarorni Gulnora o‘zi qabul qilganmi yoki unga bunday qilishni ota-onasi maslahat berganmi – bu haqda faqat taxmin qilish mumkin, xolos”, deb yozadi uzmetronomchilar ikkinchi taxmin haqiqatga yaqinroq ekanini pisanda qilarkan.

Avvalroq Gulnora Karimova Tvitter mikroblogidagi @GulnaraKarimova akkauntini ham off-layn rejimga o‘tkazib qo‘ygan, keyinroq bu profilni @Gulnara_uz deb o‘zgartirib qo‘ygandi.

Bunday qilishdan oldin O'zbekiston prezidentining to'ng'ich qizi Tvitter'dagi sahifasi hakerlar hujumiga uchraganini iddao qilgan edi.
XS
SM
MD
LG