Линклар

logo-print
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Vetnam milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:1 hisobida O‘zbekiston jamoasi g‘alabasi bilan tugadi.

15 oktabr kuni Toshkentning "Paxtakor" stadionida o'tgan uchrashuv 2015 yil Avstraliyada bo‘ladigan Osiyo Kubogining final bosqichiga yo‘llanma olish uchun ilk saralash o‘yini bo‘ldi.

O‘yinning birinchi bo‘limida O‘zbekiston terma jamoasi hujumchilarining sa‘y harakatlariga qaramay hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda Sardor Rashidov (69), Aleksandr Geynrix (74), Igor Sergeyev (90+1) va Xoang (78) gollar muallifi bo‘ldi.

Seshanba kungi g‘alabadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga dastlabki uch ochkoni yozib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG