Линклар

Qurbon hayiti kuni O‘zbekistonda rasman dam olish kuni hisoblansa ham aksar viloyatlarda hasharchilar bayramni paxta dalasida o‘tkazishga majburlandi. Ayni paytda ayrim xorazmlik fermerlar Hayit bayrami munosabati bilan terimchilarning bir kun dam olishiga izn berdi.


"Hayitni dalada nishonlayapmiz"


Qurbon hayiti kuni suhbatlashganimiz Jizzax, Sirdaryo va Andijondagi hasharchi terimchilarning Ozodlikka aytishicha, bayram kuni ham dalada paxta terishga majbur bo‘lishgan.

“Bugun daladamiz. Hayit munosabati bilan hech bo‘lmasa, normamizni ham kamaytirishmadi. "60 kilo terasizlar", deyapti. Domlalarimizdan bayram kuni dam olishga ruxsat so‘ragandik. “Tepadan ruxsat yo‘q” deyishdi. Endi ba‘zilar domla bilan kelishib, pulini berib uyiga ketishdi. Biz esa Hayitni dalada nishonlayapmiz. Domlalarimiz kechqurin qo‘y so‘yib, osh qilib, beramiz, deb va‘da berishdi. Ko‘ramiz, balki osh yermiz”, deydi Jizzax dalalarida paxta terayotgan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining talabasi.

Qoraqolpog‘istonning Amudaryo tumanidan olingan xabarga ko‘ra, ertalab barcha qabristonlarga borib yaqinlarini ziyorat qilgan va keyin yana hamma paxta dalasiga yo‘l olgan.

"Ozonda erkaklar namozga bordi. Biz ayollar esa qabristonga ziyoratga bordik. Qabriston yonida shirinlik, konfet kabi narsalar sotayapti ekan. Bolalarga hayitlik deb o‘shalardan oldik. Soat to‘qqizdan qo‘shnilar bilan yana paxtaga ketdik", deydi ismini ochiqlamaslikni so‘ragan suhbatdoshimiz.


"Hayit namoziga borish uchun paxtadan qochdim"


Andijon institutlaridan birining hasharchi-talabasi esa Ozodlik bilan suhbatda Hayitni uyda nishonlash uchun paxtadan qochishga qaror qilganini aytadi.

“Men birinchi kursda o‘qiyman. Kursimizdan 4 kishi qochdi bugun. Hamma uxlayotgan payti hech kimga bildirmasdan qochdim. Taksi zakaz qilib, qo‘ygandim. Yotoqxonamiz yoniga kelib, meni olib ketdi. Hayit namozini masjidda o‘qishni niyat qilgandim. Shuning uchun qochishga qaror qildim. Keyin Hayitni uyda ota-onam bilan birgalikda nishonlashni xohladim", deydi talaba yigit.

Uning aytishicha, paxtadan qochgani uchun domlasiga 40 ming so‘m pul berib, tanbehdan qutilib qolishni rejalashtirgan.

"Uch kun Hayitni ham uyda o‘tkazaman. Keyin borib domlamizga uch kunning har bir kuniga 60 kilo uchun pul beraman 40 ming so‘mga yaqin pul bo‘ladi. Shu bilan qutilaman. Lekin Hayitda hamma kursdoshlarimiz dalada. Men esa uyda nishonlayapman”, deydi andijonlik talaba yigit.


Xorazmda hasharchi- terimchilar ham dam olayapti


Ayni paytda Xorazmdan olingan ma‘lumotga ko‘ra, viloyatning ayrim hududlarida Hayit kuni dalaga hech kim chiqmagan.

Yangibozor tumanidagi chekka qishloqlardan birida yashovchi kelinchakning Ozodlikka aytishicha, fermerlar barcha hasharchilarga Qurbon hayiti munosabati bilan bir kunlik dam olish bergan.

- Bizlarga fermerimiz bir kunga dam olish berdi. Hayit kuni paxta termaysizlar, dedi. Bir bizning fermer emas, hamma fermer terimchilariga dam olish berdi, deydi yangibozorlik kelinchak.
XS
SM
MD
LG