Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:19

O‘zbek avtomobillarining Rossiyadagi bozori kasodga uchramoqda


"Yevropa biznesi assotsiatsiyasi" joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning Rossiyadagi savdosi 35 foizga qisqargani qayd etilgan hisobotini e‘lon qildi. “GM-Uzbekistan” qo‘shma korxonasining Rossiyadagi bir qator dilerlari ham avtomobillari savdosi 2013 yilda keskin qisqarib ketganini tasdiqlamoqda.

Tataristondagi “Lider-Avto” shirkati vakili Ozodlik savollariga javob berar ekan, bu yil O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi qisqarib ketganini e‘tirof etdi.

- Vaziyatni hatto avtomobillar narxi 20 ming rublga arzonlatilgani ham o‘nglay olmayapti. Odamlarni shu ham, negadir, qiziqtirmay qo‘ydi, - dedi “Lider-Avto” shirkati vakili.

Nijniy Tagildagi “Mirpayozov” firmasi vakili O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar savdosi “ikki baravarga qisqarib ketganini” xabar qildi.

Savdoning qisqarib ketgani Barnaulda ham kuzatilayotganini shu shahardagi “Alьfa-Avto” shirkati bilan bog‘lanib bildik. Lekin bu yerda Nijniy Tagildagiday “ikki baravar” emas, savdodagi pasayish “anchayin”dir.

“GM-Uzbekistan”ning Cherepovets shahridagi dileri fikricha, o‘zbek avtomobillarining bozori chaqqon bo‘lishini ta‘minlaydigan omillar yetarli.

- Birinchidan, - dedi u, - o‘zbek avtomobillari “General Motors” zavodida ishlab chiqariladi va binobarin sifat ustidan nazorat dunyo bo‘ylab qanday bo‘lsa, shunday bo‘lishi kerak,ikkinchidan, narxi bilan sifati mutanosibligi ham yomon emas va o‘zbek avtomobillarini cho‘ntakbop, deyish mumkin,- dedi “GM-Uzbekistan”ning Cherepovets shahridagi vakili.

Krasnoyarsk shahridagi “Kras-Avto” shirkati ham “GM-Uzbekistan”ning dileri. Uning vakiliga ko‘ra, Krasnoyarskda o‘zbek avtomobillarining savdosi qisqargan emas. Buning sababini u ham narxning arzonligidan, deb biladi.

- Oddiy sedanlarning narxi 284 ming rubldan boshlanadi,- dedi “Kras-Avto” vakili.

Tataristondagi “Lider-Avto” shirkatida “Matiz”ning baza modelini "264 ming rublga sotib olish mumkin". Shirkat vakilining aytishicha, bundan bir-ikki oy oldin xuddi shu mashinani 244 ming rublga sotib olish mumkin edi.

Qiyoslash uchun: O‘zbekistonda 14 494 750 so‘m (2013 yil, 10 iyulidagi ma‘lumot).
Lekin bu narxga beto‘xtov sotib olish mumkin emasligini, narxning 85 foizi to‘langach, mashina kelasi yil qo‘lga tegishini har bir o‘zbekistonlik biladi.

"Evropa biznesi assotsiatsiyasi"ning joriy yil 9 oyiga oid hisobotiga ko‘ra, "GM Uzbekistan” qo‘shma korxonasi Rossiya hududida 43 093 ta avtomobilь sotgan. Bu 2012 yilning 9 oyidagi ko‘rsatkich (66485ta) dan 35 foizga ozdir. Joriy yil sentyabridagi ko‘rsatkich (6 508 ta) o‘tgan yilning sentyabridagidan (7 033 ta) 7 foizga oz.

Rossiyadagi avtosalonlar vakillarining ba‘zilari Ozodlik savollariga javob berar ekan, o‘zbek avtomobillarining kasodga uchrayotganini "AvtoVAZ" mahsulotining bozori chaqqonlashib qolgani bilan ham izohladi.
Ulardan biri - “Lider-Avto” shirkati vakili: “AvtoVAZ” mashinalari hozirda ancha xaridorgir bo‘lib qolgan”, dedi.

“Lider-Avto” shirkati vakilining bu gapi “AVTOSTAT” analitika agentligi tahlilchisi Azat Timerxanovning joriy yil fevralida Ozodlik savollariga javoban “AvtoVAZ” mahsulotlariga oid aytgan mana bu gapini yodga soldi:

- “Kalina” va “Priora”ning yangi zamonaviy modellari ishlab chiqildi va sotuvga qo‘yildi. Shuningdek, bu kompaniya “Reno-Nissan” avtomobillari platformasi asosida yangi zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarishga kirishdi. Bunday vaziyatda Uz-Daewoo o‘zining “Matiz” va “Neksiya”si Rossiyada “eng arzon va eng sifatli” mashina bo‘lib qolishi mumkin-mi? - degan edi tahlilchi.
XS
SM
MD
LG