Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:41

Futbol: Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqdi


Futbol bo‘yicha Bosniya va Gertsegovina milliy terma jamoasi ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Saralash bosqichining 15 oktyabr kuni o‘tgan yakuniy uchrshuvida bosniyaliklar safarda Litva terma jamoasi ustidan 0:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi 10 o‘yinda 25 ochko to‘plagan holda “G” guruhida birinchi o‘rinni egalladi.



Bakuda Ozarbayjon termasi bilan durang o‘ynagan Rossiya terma jamoasi ham kelasi yili Braziliyada o‘tadigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lgan kiritdi.

Saralash bahslarini muvaffaqiyatli yakunlab, Jahon chemionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqa olgan mamlakatlar orasida Belgiya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Shveytsariya, Angliya va Ispaniya ham bor.

Guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan Portugaliya, Ukraina, Frantsiya, Islandiya, Ruminiya, Shvetsiya va Xorvatiya terma jamoalari pley-off o‘yinlarida bellashadi.
XS
SM
MD
LG