Линклар

logo-print

Prezident Karimov Latviyada nimalarni gaplashadi?


Prezident Islom Karimovning Riga safari 2005 yil Andijon voqealaridan beri Yevropaga qiladigan ikkinchi tashrifi bo‘ladi.

Prezident Islom Karimovning Riga safari 2005 yil Andijon voqealaridan beri Yevropaga qiladigan ikkinchi tashrifi bo‘ladi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 16-17 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Latviyaga boradi. Karimovning Latviya tashrifi kun tartibi asosan Afg‘onistondagi NATO qo‘shinlari ta‘minoti va 2014 yildan keyin mintaqadagi xavfsizlik masalasidan iborat bo‘lishi aytilmoqda. Yevropaga kamqatnov Karimovning Latviyaga safari bu mamlakatda Gulnora Karimova bilan bog‘liq tergov davom etatgan paytga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati rasmiy saytida berilgan xabarnomada, "Islom Karimov 16-17 oktyabr kunlari latviyalik hamkasbi Andris Berzinsh taklifiga binoan Latviyaga davlat tashrifi bilan boradi", deyiladi.

Lekin, Latviya prezidenti matbuot kotibi Oskar Volfs, Ozodlik bilan suhbatda, bu xabarga tuzatish kritib, prezident Karimovning tashrifi rasmiy maqomga ega bo‘lishini bildirdi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Islom Karimovning tashrifi davlat maqomiga ega bo‘lishi haqida xabar tarqatdi. Latviya rasmiylari bu xabarni inkor qildi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati Islom Karimovning tashrifi davlat maqomiga ega bo‘lishi haqida xabar tarqatdi. Latviya rasmiylari bu xabarni inkor qildi.

- Bu rasmiy tashrif bo‘ladi. Chunki tashrifga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida uning ba‘zi jihatlari o‘zgardi va tashrif davlat maqomidan rasmiyga o‘zgartirildi. Latviya diplomatik protokoliga ko‘ra, davlat tashrifi ikki kun davom etishi va uchrashuvlar ikkita shaharda o‘tishi kerak. Prezident Islom Karimov tashrifining asosiy qismi esa ertaga, bir kungina bo‘ladi xolos, deydi Latviya prezidenti matbuot kotibi.

Oskar Volfs tashrifning rasmiy maqomga ega bo‘lishi bir necha oy oldin ma‘lum bo‘lgani va O‘zbekiston rasmiylari xato xabar berayotgani sabablarini bilmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Latviya prezidenti matbuot kotibi Oskar Volfsning aytishicha, muzokaralarning asosiy qismi Afg‘onistondagi NATO qo‘shinlari ta‘minotida O‘zbekiston bilan hamkorlik muhokamasiga qaratiladi.

- Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalardan tashqari, O‘zbekiston bilan butun Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik va bu hamkorlikda Latviyaning roliga doir masalalar muhokama qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi NATO qo‘shinlariga yuklarni yetkazish hamda savdo aloqalarida ikki mamlakat birgalikda qanday ishlarni amalga oshirishi mumkinligiga doir masalalar ko‘tariladi. Kelasi yili NATOning Afg‘onistondagi missiyasi o‘zgaradi va kelgusida bu tranzit yo‘lining roli haqida muzokara qilamiz, dedi Oskar Volfs.

NATO qo‘shinlari ta‘minotida asosiy rol o‘ynayotgan Shimoliy Ta‘minot tarmog‘i Boltiq bo‘yi davlatlaridan boshlanib, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududi orqali Afg‘onistonga kirib boradi. Hozirda NATO ta‘minotining 80 foizidan ortiqrog‘i O‘zbekiston hududidan o‘tkaziladi.

AQSh va NATO bilan kelishuvlarga ko‘ra, O‘zbekiston orqali Afg‘onistonga noharbiy yuklar olib o‘tiladi xolos. Lekin kelasi yili NATO qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishda O‘zbekiston hududidan tranzit sifatida foydalanish to‘g‘risida ham dastlabki kelishuvlarga erishilgan. Buning evaziga NATO davlatlari tranzit haqidan tashqari O‘zbekistonga harbiy uskunalarning bir qismini tashlab ketishga rozilik bergani ham aytiladi.

Islom Karimovning Riga safari 2005 yil Andijon voqealaridan beri Yevropaga qiladigan ikkinchi tashrifi bo‘ladi. O‘zbekiston rahbari 2011 yilda Bryusselga borgan va Yevrokomissiya raisi Joze Manuel Barrozo va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen bilan uchrashgan edi.

Yevropaga kamqatnov bo‘lib qolgan Karimovning Riga safari Latviyada uning to‘ng‘ich qizi bilan bog‘liq jinoiy tergov davom etayotgan paytga to‘g‘ri kelgani ham e‘tiborlidir.

Shvetsiyaning TeliaSonera shirkati O‘zbekiston mobil aloqa bozoriga kirish uchun Gulnora Karimovaga 350 million AQSh dollari miqdorida pora berganiga doir iddaolar bilan bog‘liq tergovga Shvetsiyadan tashqari, Shveytsariya, Frantsiya va Latviya huquq-tartibot idoralari ham aralashgan.

Yevropaga kamqatnov bo‘lib qolgan Karimovning Riga safari Latviyada uning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq jinoiy tergov davom etayotgan paytga to‘g‘ri kelgani e‘tiborlidir.

Yevropaga kamqatnov bo‘lib qolgan Karimovning Riga safari Latviyada uning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan bog‘liq jinoiy tergov davom etayotgan paytga to‘g‘ri kelgani e‘tiborlidir.

Latviyada bu masalani yoritib borayotgan yetakchi xabar agentliklardan birining muxbiri Ozodlik bilan o‘zaro suhbatda, O‘zbekiston prezidenti tashrifi kontekstida Gulnora Karimova bilan bog‘liq janjal masalasi yana diqqat markaziga chiqmoqda, deydi. “TeliaSonera Latviya mobil va telekommunikatsiya bozorining katta qismini egallaydi va bu shirkatning avtoritar davlatda korruptsion janjalga aralashib qolgani Latviya jamoatchiligini qiziqtirishi tabiiydir”, deydi ismi sir qolishi sharti bilan gapirgan jurnalist.

Rigalik jurnalist Islom Karimovning Rigaga tashrifi davomida mazkur masala u yoki bu shaklda ko‘tarilishiga shubha qilmaydi.

Latviya Prezidenti Andris Berzinshning matbuot kotibi Ozodlik muxbirining bu haqdagi savoliga javob berar ekan TeliaSonera bilan bog‘liq tergov masalasi Latviya va O‘zbekiston rahbarlari uchrashuvi kun tartibida yo‘q, prezident Karimovning shu tobda Rigaga kelishi esa shunchaki tasodif bo‘lishi mumkin, deya ta‘kidladi.

- Kun tartibida bu masala yo‘q. Aytganimdek, O‘zbekiston prezidentiga taklifnoma bir yil avval yuborilgan. Shuning uchun bu shunchaki tasodif bo‘lishi mumkin, dedi Oskar Volfs.

Riga shahriga 16 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan kech soat sakkizlarda yetib kelishi kutilayotgan prezident Islom Karimov rasmiy uchrashuvlarni 17 oktyabr kuni o‘tkazadi.

Latviya prezidenti matbuot kotibining Ozodlikka aytishicha, shu kuni O‘zbekiston rahbari latviyalik hamkasbi Andris Berzinsh hamda Latviya Bosh vaziri Valdis Dombrovskis va parlament raisi Solvita Aboltinya bilan ham uchrashadi.
XS
SM
MD
LG